21
UZB
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
1.3 MASHINANING QO`SHIMCHA FUNKTSIYALARI
1.3.1
Qo`shimcha funktsiyalarni kiritish kir yuvish dasturiga
bog`liq. Dasturga mos kelmagan qo`shimcha funktsiyalar yoritil-maydi
(1 jadvalga qarang).
Kerakli funktsiyani tanlash uchun tegishli tugmacha bosiladi.
1.3.2 Keyinga qoldirilgan start
kir yuvish boshlanishini 1-dan
24 soatgacha bo`lgan tayinli muddatga qoldirishga imkon beradi.
1.3.3 Dastlabki kir yuvish
o`ta kirlangan gazmol buyumlari
uchun mo`ljallangan.
Mazkur funktsiyalar tanlanganida mahsulotlar qo`shimcha kir
yuvish vositasi yordamida 30
0
С haroratdagi suvda yuviladi, bunday
holatda asosiy kir yuvish davomida kirning sifatli yuvilishiga erishiladi.
1.3.4 Ivitish
o`ta kirlangan gazmol buyumlari uchun
mo`ljallangan. Buyumlar 2 soat davomida kir yuvish vositasida ivitiladi
(vaqti-vaqti bilan qo`zg`atilib turadi), so`ngra tanlangan dasturga
binoan yuviladi. Funktsiyalar tanlanishi bilan bir vaqtda dastlabki kir
yuvish funktsiyasi ham ishga tushadi — ikkita tegishli indicator yonadi.
Buyumlar dastlabki kir yuvish yakunlanishi va ivitish indikatori o`chib-
yonishni boshlanganidan keyin ivitiladi.
Ivitish vaqtini kamaytirish uchun
tugmachasini qayta bosmoq
zarur — funktsiya o`chadi va mashina tanlangan dastur asosida ishlay
boshlaydi.
1.3.5 Qo`shimcha chayqash
bolalar kiyimi, kir yuvish
vositalariga allergiyasi mavjud kishilar buyumlari, yoki yuvish vositasi
yaxshi chayqalmaydigan o`ta yumshoq suvda yuvish uchun.
Mazkur funktsiyani tanlash holatida kir yuvish dasturiga bir
marotaba ortiqcha chayqash fuktsiyasi qo`shiladi.
1.3.6 Yengil dazmollash
gazmolning kir yuvish va siqish
jarayonida g`ijimlanib qolishining oldini olish, keyingi dazmollashni
osonlashtirish uchun. Bu funktsiyani qo`llash kir yuvishning yumshoq
rejimi va siqishdan keying hosil bo`ladigan burmalarni kamaytiradi.
1.3.7 Suv quyilgan idishda to`xtash
nozik matolardan
bo`lgan mahsulotlarning kir yuvish davomida o`ralib ketmasligi uchun
ishlatiladi.
Ushbu funktsiyani tanlash holatida ishlatilgan suvning chiqa-rilishi
va yakuniy siqish sikllari ishlamaydi.
Kir yuvilib bo`lganidan so`ng suv to`kib tashlanishi kerak: dastak
bo`linmasiga o`rnatilsin, “TO`KISH” dasturi tanlansin va ishga
tushirilsin.
1.4 MASHINANI ISHLATISH VA DASTURNI TANLASH
1.4.1
Mashinani ihslatish uchun dastakni 2 rasmiga muvofiq
kerakli kir yuvish chiziqchasiga o`rnatish zarur. Tanlangan dastur
asosida displeyda tegishli kir yuvish operatsiyalari indikatorlari
yonadi.
Dastur tanlash davomida 1 jadvaliga muvofiq ishlab chiqa-ruvchi
tomonidan o`rnatilgan kir yuvishning asosiy parametrlari avtomatik
tarzda belgilanadi(siqish tezligi, kir yuvish harorati, uning davomiyligi
va hok).
1.4.2
Displeyda aks etgan kir yuvish davomiyligi vaqti labora-toriya
sharoitlarida aniqlangan va mashinaning ish jaraynida harorat va suv
quvuridagi bosimi, yuklanayotgan kir vazni, buyumlarning mato turi,
elektr tarmog`idagi kuchlanishi bois o`zgarishi mumkin (kattarishi yoki
kichrayishi) va hok.
DIQQAT! Kir yuvish vaqtining displeyda aks ettiriladigan
natijalari amaldagi kir yuvish vaqtiga mos kelmasligi mumkin.
1.4.3
Dastur tanlovi faqatgina kir yuvishdan oldin amalga
oshiriladi. Dastakning mashina ishlayotganiga yangi dasturga
o`rnatilishi(mashinani o`chirmasdan) oldin tanlangan dasturni
o`zgartira olmaydi.
1.4.4
Dastur tanlanganidan keyin kir yuvish parametrlari
o`zgartirilishi yoki 1.5-1.7-ga muvofiq qo`shimcha funktsiyalar
tanlanishi mumkin.
1.5 HARORATNI TANLASH
1.5.1
3 rasmiga muvofiq
tugmachasi tanlaganida dastur
tomonidan belgilangan kir yuvish harorati pasaytirilishi mumkin.
Tugmacha bosilganda harorat indikatsiyasi zonasida birin-ketin
maksimaldan 20
0
С
— gacha bo`lgan qiymatlar aks etadi va
takrorlanadi. Harorat tanlanishi bilan bir vaqtda kir yuvish davomiyligi
qiymati ham o`zgaradi.
Kir yuvish haroratining tanlanayotgan qiymatlari — 20
0
С, 30
0
С,
40
0
С, 60
0
С, 90
0
С.
1.6 SIQISH TEZLIGINI TANLASH
1.6.1
3 rasmiga muvofiq
tugmachasini bosish orqali kir yuvish
dasturi tomonidan belgilangan siqish tezligi kamaytirilishi mumkin.
Tugmacha bosilganda siqish tezligi indikatsiyasi zonasida birin-ketin
maksimaldan
— gacha bo`lgan qiymatlar aks etadi va takrorlanadi.
Tanlanadigan siqish tezligi qiymatlari – maksimaldan (mashina
modeliga muvofiq) minimalgacha – nolgacha (siqish rejimi o`chirilgan –
belgisi).
DIQQAT! Kir yuvishning asosiy amaliyotlari oralig`idagi siqish
tezligi bohsqarilmaydi va tanlangan amaliyotga bog`liq.
DIQQAT! Barabandagi kirning notekis taqsimlanishi av-
tomatik tarzda siqish tezligining pasayishiga olib keladi yoki
umuman siqilmaydi.
1.7 QO`SHIMCHA FUNKTSIY TANLASH
1.7.1
Qo`shimcha funktsiyani tanlash uchun tegishli tugmacha
bosiladi – 3 rasmiga muvofiq indicator yonadi. Tugmacha takroran
bosilganda yorug`lik indikatori o`chadi, funktsiya bekor qilinadi.
DIQQAT! Agarda mazkur funktsiya tanlangan dasturga
muvofiq kelmasa, indicator yonmaydi va funktsiya ishga
tushmaydi (uch karra tovush signali yangraydi).
1.7.2 Qoldirilgan start vaqtini belgilash
tugmachasi bosiladi—indicator yonadi, vaqt indikatsiyasi
zonasida kir yuvishni boshlashning maksimal qoldirilgan vaqti aks etadi
24 soat («24:Н»).
tugmachasi bosilib kerakli vaqt tanlanishi zarur
(ko`rsatmani o`zgartirish intervali 1 soat).
Funktsiyani o`chirish uchun kir yuvish dasturini tanlash dastagi
belgisiga o`rnatiladi va yangidan kir yuvish dasturi tanlanadi.
1.8 DASTURNI ISHGA TUSHIRISH VA KIR YUVISHNI BOSHLASH
1.8.1
Dasturni ishga tushirish va mashina ishini boshlash uchun
tugmacha bosiladi — tugmachada indicator yonadi, tovush signali
yangraydi, eshikning blokirovka moslamasi ishga tushadi va kir yuvish
boshlanadi.
Displeyda kir yuvish oxirigacha qolgan vaqt hisobi boshlanadi.
Agarda «Qoldirilgan start» (
) qo`shimcha funktsiya tanlansa,
displeyda kir yuvish oxirigacha qolgan vaqt hisobi boshlanadi.
1.9 MASHINANI PAUZAGA QO`YISH
1.9.1
Dasturni bekor qilmasdan mashinani vaqtincha to`xtatish
uchun
tugmachasini 2 soniya bosib turish zarur —
tugmachasida
indikator yonishi va tovush signali yangrashi kerak. 2 daqiqalardan keyin
eshikni blokirovka qilish moslamasi o`chadi.
Mashinani ishlatishni davom ettirish uchun
tugmachasi bosiladi.
Mashina kir yuvish jarayoni to`xtatilgan joyidan davom etadi, kir yuvish
muddati biroz uzayishi mumkin.
“NAFIS MATOLAR”, “JUN”, “QO`LDA KIR YUVISH”, “KOMBI-KIR
YUVISH” dasturlarida mashinaning ishini to`xtatib bo`lmaydi. Mazkur
dasturlar davomida eshikni ochish zarurati paydo bo`lib qolsa suvni
to`kib yuborish kerak: dastur bekor qilinsin, keyin “SUVNI TO`KISH”
dasturi tanlanib ishga tushirilsin.
DIQQAT! Agarda barabandagi suv miqdori eshikning oynasi
orqali ko`rinib tursa, mashina eshigini ochmang.
1.10 DASTURNI BEKOR QILISH
1.10.1
Oldin tanlangan dasturni bekor qilish uchun dastakni
belgisiga o`rnatish kerak: mashina o`chadi va bajarilayotgan dastur
bekor qilinadi. Zarurat tug`ilganda kir yuvishning boshqa dasturini
tanlash kerak.
Uch karra tovush signali yangraydi va
tugmachasidagi indikator
o`chadi.
1.11 MASHINANI O`CHIRISH
1.11.1
Kir yuvishning so`nggi operatsiyasi yakunlanganidan
2 daqiqalar o`tib eshikning blokirovka moslamasi o`chadi, displeyda
“END” yozuvi paydo bo`ladi.
Agarga mashina elektr tarmog`idan uzilmagan bo`lsa, bir daqiqa
intervali bilan besh marotaba uch karrali tovush signali yangraydi.
1.11.2
Kir yuvish yakunlanganidan keyin mashina ochirilib das-
tak belgisiga o`rnatiladi, elektr shnuri rozetkadan sug`uriladi va suv
uzatish krani yopiladi.