42_
Tozalash va qarov
MASHINANI YAXSHI HOLATDA SAQLASH
•
Har gal yuvishdan so'ng
Har gal yuvishdan so'ng suv kranini yopib, eshikni qiya ochiq qoldiring, shunda namlik va noxush hidlar chiqib ketadi.
•
Tokdan uzing
Tozalash yoki qarovdan oldin doim mashinani tokdan uzing.
•
Hech qanday eritgich yoki abraziv tozalagich ishlatmang
Mashinaning tashqi qismini va rezina qismlarini tozalash eritgich yoki abraziv tozalash vositalaridan foydalanmang. Mato
bilan iliq sovunli suv ishlating. Ichki yuzasidan dog'larni ketkizish uchun namlangan latta bilan ozgina oq sirka yoki idish
yuvish mashinalari uchun mo'ljallangan tozalash moddasi ishlating.
•
Ta'tilga ketsangiz
Ta'tilga ketsangiz, mashinani bo'sh holida yuvish siklini bajarib, keyin tokdan uzib, suvni yopib, mashina eshigini qiya ochiq
qoldiring. Shunda izolyatsiyasi uzoqroq ishlab, mashina ichida noxush hidlar paydo bo'lmaydi.
•
Mashinani ko'chirish
Agar mashinani ko'chirish kerak bo'lsa, uni vertikal holatda tutishga harakat qiling. Juda bo'lmasa, orqa tarafiga egishingiz
mumkin.
•
Izolyatsiya
Mashina ichida noxush hidlarning hosil bo'lish omillaridan biri bu ovqat qoldiqlari izolyatsiyada tiqilib qolishidir. Buning oldini
olish uchun muntazam ravishda nam latta bilan tozalab turish lozim.
Tozalash va qarov
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 42
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 42
2014-07-14
3:37:14
2014-07-14
3:37:14