![background image](/i/samsung/96786/samsung-nz64h57477k-wt/h/samsung-nz64h57477k-wt-140.png)
O'zbek - 20
Pishirish nuqtasi o'chishining boshqa sabablari
Suyuqlik toshib ketsa va boshqaruv paneliga tushsa, barcha pishirish nuqtalari o'z-
o'zidan o'chadi.
Boshqaruv paneliga ho'l latta qo'ysangiz ham avtomatik o'chish amalga oshadi.
Har ikkala holatda ham, suyuqlik yoki lattani olib tashlagandan so'ng, jihozni asosiy
Yoq./O'ch. tugmasi
sensori bilan yoqish kerak bo'ladi.
QOLDIQ ISSIQLIK INDIKATORI
Bironta pishirish nuqtasi yoki plita o'chirilganida, tegishli nuqtalarning displeylarida
qoldiq issiqlik , (“qaynoq” degani) bilan ko'rsatiladi. Pishirish nuqtasi
o'chganidan keyin ham qoldiq issiqlik indikatori yoniq turadi, nuqta sovib
bo'lganidan keyingina indikator o'chadi.
Qoldiq issiqlikni taomni eritish yoki issiq saqlash uchun ishlatishingiz mumkin.
OGOHLANTIRISH
Qoldiq issiqlik indikatori yoniq turibdimi, demak undan kuyib qolish xavfi bor.
OGOHLANTIRISH
Quvvat ta'minoti uzilsa, , belgisi o'chadi va qoldiq issiqlik haqidagi
ma'lumot ko'rsatilmaydi. Shunda ham kuyib qolish xavfi saqlanib qolishi
mumkin. Buning oldini olish uchun, plita yonida har doim ehtiyot bo'ling.
HARORATNI ANIQLASH
Bironta sababga ko'ra pishirish nuqtalaridan birining harorati xavfsiz darajadan
oshib ketsa, u avtomatik ravishda quvvat darajasini pasaytiradi.
Plitadan foydalanib bo'lgach, plita elektron qismlari soviguniga qadar sovitish
ventilyatori ishlab turadi. Elektron qismlarning haroratiga qarab, sovitish ventilyatori
o'z-o'zidan o'chadi.
NZ64H57479K_WT_DG68-00562A-01_UZ.indd 20
2014-07-11 10:56:26