![background image](/i/samsung/144403/samsung-sc19f50vc/h/samsung-sc19f50vc-086.png)
14_
tuzatish asboblari va fi ltr
Mini turbo cho'tkasi (Opsiya)
- Cho'tkali rolikni almashtirish
1. Agar biror narsa tiqilib qolgan bo'lsa yoki axlat ko'rinib turgan
bo'lsa, ustki panelni chiqarib olish uchun Mini turbo cho'tkasi
orqasidagi ikkita murvatni yechib oling va har qanday tiqilmani
tozalab tashlang.
2. Cho'tkali rolik ahvolini ko'zdan kechirib turing.
Agar cho'tkalari eskirib ketgan bo'lsa, cho'tkali rolikni almashtiring.
Cho'tkali rolikni chiqarib olish uchun yuqoriga va bo'g'iz korpusidagi
chetlar kirib turuvchi botiqlardan tashqariga torting.
Qaytib joyiga qo'yish uchun cho'tkali rolik chetlarini o'sha botiqlarga
tushiring.
Qayishning ahvoli yaxshi ekaniga ishonch hosil qilish uchun
ko'zdan kechirib turing.
Agar qayish uzilgan yoki yorilgan bo'lsa, uni "Qayishni
almashtirish" ko'rsatmalariga asosan, almashtiring.
3. MAX (YUQORI) holatida foydalanish.
Changyutgichni eng yuqori so'rish rejimida ishlatish uchun MAX
(YUQORI) tugmasini bosing.
- Qayishni almashtirish
1. Ostki panelni chiqarib oling.
"Cho'tkali rolikni almashtirish" ko'rsatmalaridagi rasmga qarang.
2. Yangi qayishning bir uchini uzatma g'ildiragi o'qiga kiydiring.
3. Qayishning boshqa uchini cho'tkali rolikdagi unga mo'ljallangan
joyga kiydiring. Cho'tkali rolikni bo'g'iz korpusidagi botiqlarga
kiriting.
"Cho'tkali rolikni almashtirish" ko'rsatmalaridagi rasmga qarang.
4. Mini turbo cho'tkasini "Cho'tkali rolikni almashtirish" ko'rsatmalarida
tavsiflanganiday yana birga qayta joylashtiring.
tuzatish asboblari va filtr