Инструкция для SAMSUNG WF-E590NMS

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

2_

 Yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

Yangi samsung kir yuvish 

mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni 
o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi 
bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va 
quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.

•  Bolalar buyumlarini yuvish

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning 
kiyimlarini qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi. Ushbu 
dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar 
terisining qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar 
turlarga ajratiladi va kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga 
oshiriladi, shu bilan bolalar kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza 
ko’rinishiga erishiladi.

•  “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini 
olishga imkon beradi. Ushbu xavfsizlik funksiyasi faollashtirilgan hollarda signal beradi.

•  “Kir yuvishni kechiktirish” funksiyasi

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa 
ayniqsa uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish 
qulayligini yanada oshiradi.

•  Tezkor yuvish

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! 30 daqiqadan ko’p vaqtni olmaydigan kir 
yuvish sikli vaqtingizni tejashga yordam beradi. 
Bizning 29 daqiqalik tezkor kir yuvish dasturi – band bo’lganlar uchun ajoyib yechim. Sevimli 
kiyimni endi atigi 29 daqiqada yuvish mumkin!

•  Qo’lda kir yuvish dasturi

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir 
yuvishga erishiladi. 

•  Keramik isitish elementi uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydi va 

elektr energiyasi harajatlarini kamaytiradi (ayrim modellarda)

Biz tomonimizdan yaratilgan keramik isitish elementi oddiy isitish elementlariga nisbatan ikki 
barobar uzoqroq xizmat qiladi. 
Natijada ta’mirlash harajatlari kamayadi. Bundan tashqari suvning qattiqlik koeffitsienti 
kamayadi va elektr energiyasi tejab qolinadi.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160
Оглавление инструкции

Document Outline