Инструкция для SAMSUNG WF-M602YQR

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

yangi samsung kir yuvish 

mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni 

o’zgartiradi. Maxsus Eco Bubble funksiyasidan tortib va elektr energiyasini 

tejamkorlik bilan iste’mol qilishgacha bo’lgan ko’pdan ko’p afzalliklarga egaligi 

sababli sizning ushbu Samsung rusumli kir yuvish mashinangiz kir yuvish siz uchun 

eng yengil va maroqli mashg’ulot bo’lishini imkon qadar ta’minlash uchun barcha 

kerakli funksiyalar va imkoniyatlarga ega.

•  “Eco Bubble” texnologiyasi

Yuvish jarayonida Eco Bubble texnologiyasi ko’piklar Generatori harakatlari, oz miqdordagi suvni havo 

va kir yuvish vositalari (kukun, tabletka yoki suyuqlik ko’rinishidagi kir yuvish vositalari bilan ishlay oladi) 

bilan tezkor aralashtirish hisobiga kir yuvish vositalarini anchahgian ertaroq va tezroq faollashtiradi. Shu 

tufayli barabanda u yerga suvning asosiy porsiyasi tushishidan avval ko’pikli yostiqcha hosil bo’ladi va kir 

yuvish vositalari bilan to’yingan ko’piklar matoga oddiy kir yuvish mashinalaridagiga nisbatan tezroq va 

samaraliroq kiradi, bu esa anchagina pastroq haroratlarda toz kir yuvish bilan ta’minlaydi.

•  Intensiv Eco kir yuvish dasturi

Ko’pikli kir yuvish texnologiyasi – bu ayniqsa Intensiv Eco rejimi tanlangan hollarda elektr quvvatlarini 

tejab qolishning yangi samarali usuli. Agar siz Intensiv Eco dasturini tanlagan bo’lsangiz, 15°C haroratga 

ega bo’lgan sovuq suvda kir yuvish 40°C haroratga ega bo’lgan suvdagi oddiy kir yuvishga mos keladi 

va bunda elektr quvvatlari tejab qolinadi. Agar siz 40°C haroratdagi Intensive Eco dasturini tanlasangiz, 

60°C haroratli suvda oddiy rejimda kir yuvganda olishingiz mumkin bo’lgan kir yuvish sifatiga ega 

bo’lasiz. Siz qo’shimcha vaqt sarflamagan va unumdorlikni pasaytirmagan holda elektr quvvatlarini tejab 

qolishingiz mumkin.

•  Ustki kiyimni yuvish dasturi

Sizning kir yuvish mashinangiz ust kiyimlaringizning ajoyib saqlanishini ta’minlanishini hisobga olgan 

holda Samsung kir yuvish mashinasining Eco Bubble dasturidan foydalanish suv o’tkazmaydigan 

kiyimlarni kamroq darajada eskirtirgan holda yuvishga imkon beradi. Eco Bubble dasturi tomonidan 

hosil qilinadigan ko’pikli yoqtiqcha suv o’tkazmaydigan qatlamni zarbalar va ishqalanishlar tomonidan 

yetkaziladigan shikastlanishlardan himoya qilgan holda ust kiyimning eng kam darajada eskirishini 

ta’minlaydi hamda ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab qiladigan boshqa matolarni himoya qiladi.

•  Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini 

qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi. 

Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining 

qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va 

kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar 

kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.

•  Wool Certified (Mashina jundan qilingan mahsulotlarni yuvish 

uchun sertifikatga ega) belgisi 

Mashina Woolmark Company kompaniyasi tomonidan jundan qilingan mahsulotlarni mashinada 

yuvishga nisbatan o’rnatilgan talablarga muvofiqligi sinovdan o’tkazilgan va tekshirilgan. Bu belgi 

orttirilgan sertifikatsiya, ya’ni nafaqat yuvishning bajarilishini, balki jundan qilingan matolarning himoya 

qilinishini ham kafolatlovchi Woolmark kompaniyasining mavjud belgisiga nisbatan yaxshiroq belgi 

hisoblanadi.  Matoni kiyim birkasida ko’rsatilgan Woolmark va Samsung kompaniyalari tavsiyalariga 

muvofiq tarzda yuvish kerak.

•  Qo’lda kir yuvish

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir 
yuvishga erishiladi.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160
161
162
163
164
165
166
167
168
169
170
171
172
173
174
175
176
Оглавление инструкции

Document Outline