Инструкция для SAMSUNG WF1802NFWS

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

2_

 yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

yangi samsung kir yuvish 

mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni o’zgartiradi. 
O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi bilan yangi Samsung kir 
yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va quvonchli ishga aylantirishga imkon 
beruvchi barcha funksiyalarga ega.

•  Bolalar buyumlarini yuvish

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini 
qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.
Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining 
qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va 
kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar 
kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.

•  Qo’lda kir yuvish

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir yuvishga 

erishiladi.

•  Tezkor kir yuvish

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! Bizning 15 daqiqalik tezkor kir yuvishga mos keluvchi 

Быстрая 15’ (Tezkor 15’) dasturimiz sizga kir yuvish va boshqa ishlar bilan shug’ullanishingizga imkon 

beradi. Endi siz o’zingizning yoqtirgan kiyimlaringizni (2 kg gacha) 15 daqiqada yuvishingiz mumkin!

•  Barabanni Eco tozalash

Barabanni Eco tozalashdan foydalanish kimyoviy tozalovchilar yoki oqartiruvchilarsiz kir yuvish 

mashinangizni toza saqlashingizga yordam beradi. Barabanni tozalashning maxsus dasturi tufayli 

baraban begona hidlarsiz toza holda saqlanadi.

•  “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini olishga 
imkon beradi.
Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u 
faollashtirilgan hollarda signal beradi.

•  Kir yuvish kechiktirish

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa ayniqsa 
uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish qulayligini yanada 
oshiradi.

•  Raqamli grafik displey

Raqamli grafik displeyga ega bo’lgan boshqaruv paneli juda sodda va foydalanish uchun qulaydir. 
Foydalanishga qulay bo’lgan raqamli grafik displey tufayli kir yuvishning eng yaxshi natijalariga erishish 
uchun kir yuvish rejimi sozlamalarini sozlashni tez va aniq bajarish mumkin.

•  Keng eshikcha

Qulay ko’rish uchun katta diametrdagi eshikcha! Yuklanish va kirlarni, ayniqsa yirik kirlar, masalan, 
choyshablar, sochiq kabilarni chiqarib olishni osonlashtiradi.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160
161
162
163
164
165
166
167
168
169
170
171
172
173
174
175
176