Инструкция для SAMSUNG WF1802XFK

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

4_

 ehtiyotkorlik choralari

ehtiyotkorlik choralari

Yangi Samsung ActivFresh™ kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu 
qo’llanmada kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda 
saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning ko’pgina 
afzalliklari va imkoniyatlaridan to’liq darajada foydalana olishingiz uchun ushbu qo’llanmani 
o’qib chiqqani vaqt toping.

XAVFSIZLIK KO’RSATMALARI TO’G’RISIDA NIMALARNI BILISH KERAK

Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko’pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda 
boshqarishni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo’llanmani diqqat bulan o’qib chiqing. Sizga 
keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni qidirishda undan foydalanish uchun ushbu qo’llanmani 
mashinaga yaqin bo’lgan xavfsiz joyda saqlang. Ushbu mashinadan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan 
maqsadlardagina foydalaning.
Ushbu qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo’yicha muhim ko’rsatmalar bo’lishi mumkin bo’lgan 
barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan 
foydalanishda siz sog’lom fikr bilan ish ko’rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani 
tegishli qarov bilan ta’minlashingiz kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo’lganligi uchun kir 
yuvish mashinangizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha 
ogohlantiruvchi belgilar ham sizning mashinangizga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar 
yoki muammolar bo’lsa, sizga eng yaqin bo’lgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida 
www.samsung.com saytidan tavsiyalar yoki ma’lumotlar toping

MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI

Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasida foydalaniladigan belgilar va 

ramzlar quyidagi ma’nolarni bildiradi:

OGOHLANTIRISH!

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik

 

jiddiy jarohat olish yoki o’limga

 

olib kelishi mumkin.

DIQQAT!

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik 

yengil jarohat olish yoki mulklarning zararlanishiga 

olib kelishi mumkin.

DIQQAT!

Yong’in kelib chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini 
kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi ehtiyot 
choralariga amal qiling.

Buni qilishga urinmang.

Qismlarga ajratmang.

Tegmang.

Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.

Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

Elektr toki urishini oldini olish uchun kir yuvish mashinasining yerga 
ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Yordam olish uchun xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Izoh.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160
161
162
163
164
165
166
167
168
169
170
171
172
173
174
175
176