4
O'ZBEK
UshBU yO'riqnOmadan fOydalanish
Siz SAMSUNG kompaniyasining mikroto'lqinli pechini xarid qildingiz. Ushbu "Foydalanuvchi
qo'llanmasi"da mazkur mikroto'lqinli pech yordamida taom tayyorlash to'g'risida muhim
ma'lumotlar mavjud:
• Ehtiyotkorlik choralari
• Mos keladigan aksessuarlar va idishlar
• Taom tayyorlash bo'yicha foydali maslahatlar
• Taom tayyorlash bo'yicha maslahatlar
XaVfsiZliK BO'yicha mUhim ma'lUmOtlar
XaVfsiZliK BO'yicha mUhim KO'rsatmalar
diqqat Bilan O'qiB chiqinG Va KEyinchaliK fOydalanish UchUn saqlaB
qO'yinG.
Pechdan foydalanishdan avval quyidagi ko'rsatmalarga amal qilinishiga ishonch hosil
qiling.
• Jihozdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo'ljallangan
maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik
bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni
qamrab olmaydi. Qurilmani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda
foydalanuvchi sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi kerak.
• Usbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi uchun mikroto'lqinli
pechning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va
ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir
savollar yoki muammolar bo'lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat
qiling yoki www.samsung.com saytidan ma'lumotlar oling.
• Ushbu mikroto'lqinli pech taomlarni isitish uchun mo'ljallangan. Qurilma faqat uy sharoitida
foydalanish uchun mo'ljallangan. Donlar bilan to'ldirilgan hech qanday matolar va paketlarni
isitmang, chunki bu kuyishga va yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi
qurilmadan noto'g'ri foydalanilganligi natijasida olingan zararlar uchun javobgarlikni o'z
zimmasiga olmaydi.
• Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa
qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi
mumkin.
BElGilar Va nishOnlarninG BayOni
OGOHLANTIRISH
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan qarash
jiddiy jarohat olish yoki o'limga olib kelishi mumkin
.
DIQQAT
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan qarash
yengil jarohat olish yoki mulklarning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Ogohlantirish; Yonish xavfi mavjud
Ogohlantirish; Issiq yuza
Ogohlantirish; Elektr toki mavjud
Ogohlantirish; Portlovchi moddalar
Kuch ISHLATMANG.
Ko'rsatmalarga qat'iy amal qiling.
Qismlarga AJRATMANG.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli
vilkasini rozetkadan uzing.
TEGMANG.
Elektr toki urishini oldini olish uchun
mashinaning yerga ulanganligiga
ishonch hosil qiling.
Muhim
Yordam olish uchun xizmat
ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Izoh
miKrOtO'lqinlar Ortiqcha qUVVatlarininG EhtimOliy
ta'sirini Oldini Olish BO'yicha EhtiyOtKOr chOralari.
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga
zararli ta'siriga olib kelishi mumkin.
(a) Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni ishlatishga urinmang,
blokirovka qiluvchi kontaktlarni (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki blokirovka qiluvchi
kontaktlarning tirqishlariga biror narsa tiqmang.
(b) Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni QO'YMANG, zichlovchi
yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari to'planishiga yo'l
qo'ymang. Pechdan foydalangandan so'ng eshikcha va uning zichlovchi yuzasini oldin
ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.
(c) Nosoz pech ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan mikroto'lqinli buyumlar
bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan ta'mirlanmaguncha undan FOYDALANMANG.
Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar shikastlanmagani juda muhim:
(1) eshikcha (qiyshaymagan)
(2) eshikcha halqalari (singan yoki bo'shashgan)
(3) eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar
(d) Pechni sozlash yoki ta'mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan
mikroto'lqinli pechlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan
bajarilishi kerak.
Ushbu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihozi hisoblanadi. 2-guruh materiallarni qayta
ishlash uchun elektromagnit nurlanish ko'rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar hosil qiluvchi va
shunday quvvatlardan foydalanuvchi ISM qurilmalar, EDM va yoyli payvandlash uchun jihozlarni
o'z ichiga oladi.
GE712MR_BWT_DE68-04090A-04_UZ.indd 4
2014-07-17 �� 12:02:02