Инструкция для SAMSUNG GE733KR

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

4

O'ZBEK

USHBU YO’RIQNOMADAN FOYDALANISH

Siz SAMSUNG kompaniyasining mikroto’lqinli pechini xarid qildingiz. Ushbu 

"Foydalanuvchi uchun yo’riqnoma"da mazkur mikroto’lqinli pechdan qanday foydalanish 

bo’yicha foydali ma’lumotlar bor.

•  Ehtiyotkorlik choralari
•  Qo’llash uchun mos keladigan anjomlar va idishlar
•  Taom tayyorlash bo’yicha foydali maslahatlar
•  Taom tayyorlash bo’yicha maslahatlar

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA MUHIM KO’RSATMA

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA MUHIM KO’RSATMALAR.

DIQQAT BILAN O’QING VA KEYINCHALIK FOYDALANISH UCHUN SAQLAB 

QO’YING.

Pechdan foydalanishdan avval quyidagi ko’rsatmalar bilan tanishib chiqing va 

ularga amal qiling.

•  Jihozdan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan undan foydalanish 

uchun mo’ljallangan maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo’llanmadagi 

ogohlantiruvchi xabarlar va texnika xavfsizligi bo’yicha muhim yo’riqnomalar 

bo’lishi mumkin bo’lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. 

Qurilmani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda 

foydalanuvchi sog’lom fikr bilan ish ko’rishi, e’tiborli va ehtiyotkor bo’lishi 

kerak.

•  Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasi bir nechta modellarga mo’ljallanganligi 

uchun mikroto’lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan 

xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga 

tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar 

bo’lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki 

quyidagi saytdan ma’lumotlar oling: www.samsung.com.

•  Ushbu mikroto’lqinli pech taomlarni isitish uchun mo’ljallangan. Qurilma 

faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo’ljallangan. Donlar bilan to’ldirilgan 

hech qanday matolar va paketlarni isitmang, chunki bu kuyishga va yong’in 

chiqishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi qurilmadan noto’g’ri 

foydalanilganligi natijasida olingan zararlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga 

olmaydi.

•  Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi sodir bo’lishi 

mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatini qisqartish hamda xavfli 

holatlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

BELGILAR VA NISHONLARNING BAYONI

OGOHLANTIRISH

Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e’tiborsizlik bilan qarash 

jiddiy 

jarohat olish yoki o’limga olib kelishi mumkin

.

DIQQAT

Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e’tiborsizlik bilan qarash 

yengil 

jarohat olish yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin

.

Ogohlantirish — yonish xavfi mavjud.

Ogohlantirish — issiq yuza.

Ogohlantirish — elektr toki mavjud.

Ogohlantirish — portlovchi moddalar.

Kuch ishlatmang.

Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.

Qismlarga ajratmang.

Elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini 

rozetkadan uzing.

Tegib ketmang.

Elektr toki urishini oldini olish uchun 

taom pishirish panelining yerga 

ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Yordam olish uchun xizmat ko’rsatish 

markaziga murojaat qiling.

Izoh.

Muhim ma’lumot.

MIKROTO’LQINLAR ORTIQCHA QUVVATLARINING EHTIMOIY TA’SIRINI 

OLDINI OLISH BO’YICHA EHTIYOTKOR CHORALARI

Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto’lqinli nurlanishning organizmingizga 

zararli ta’siriga olib kelishi mumkin.

(a)  Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni yoqishga urinmang, 

blokirovka qiluvchi fiksatorlar (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki blokirovka qiluvchi 

fiksatorlarning tirqishlariga biror narsa tiqmang.

(b)  Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni qo’ymang, zichlovchi 

yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho’kindilari to’planishiga yo’l 

qo’ymang. Pechdan foydalangandan so’ng, eshikcha va uning zichlovchi yuzasini 

oldin ho’l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.

(c)  Nosoz pech ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o’tgan mikroto’lqinli buyumlar 

bo’yicha malakali mutaxassis tomonidan ta’mirlanmaguncha, undan foydalanmang. 

Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar shikastlanmagani juda muhim:

GE731KR_BWT_DE68-04050N-04_UZ.indd   4

2014-07-17     12:21:28

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
Оглавление инструкции

Document Outline