![background image](/i/samsung/154930/samsung-wf1802xfw/h/samsung-wf1802xfw-134.png)
2_
yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari
yangi samsung kir yuvish
mashinasining funksiyalari
Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni
o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi
bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va
quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.
• Quvvatlarni tejash
Pufakchalarni generatsiyalsh tizimi va invertorli Quiet Drive (Shovqinsiz ishlash) dvigatel
sababli, bu model, A sinfiga oid standart mashinalardan farqli o'laroq, elektr energiyasidan
yanada samarali foydalanishni ta'minlaydi.
• Eco Bubble™ rejimida kir yuvish
Samsung markasidagi kir yuvish mashinalarining Eco Bubble ish rejimi yangi turdagi matolarni
ehtiyotkorlik bilan yuvgan holda yanada sifatliroq yuvish bilan ta’minlaydi. Eco Bubble rejimi kir
yuvish kukunini bir tekis taqsimlaydi va uni matolar ichiga tezroq va chuqurroq kiritadi.
• Ustki kiyimni yuvish dasturi
Sizning kir yuvish mashinangiz ust kiyimlaringizning ajoyib saqlanishini ta’minlanishini hisobga olgan
holda Samsung kir yuvish mashinasining Eco Bubble dasturidan foydalanish suv o’tkazmaydigan
kiyimlarni kamroq darajada eskirtirgan holda yuvishga imkon beradi. Eco Bubble dasturi tomonidan
hosil qilinadigan ko’pikli yoqtiqcha suv o’tkazmaydigan qatlamni zarbalar va ishqalanishlar tomonidan
yetkaziladigan shikastlanishlardan himoya qilgan holda ust kiyimning eng kam darajada eskirishini
ta’minlaydi hamda ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab qiladigan boshqa matolarni himoya qiladi.
• Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni
Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini
qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.
Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining
qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va
kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar
kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.
• Qo’lda kir yuvish
Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir yuvishga
erishiladi.
• Tezkor kir yuvish
Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! Bizning 15 daqiqalik tezkor kir yuvishga mos keluvchi
Быстрая 15’ (Tezkor 15’) dasturimiz sizga kir yuvish va boshqa ishlar bilan shug’ullanishingizga imkon
beradi. Endi siz o’zingizning yoqtirgan kiyimlaringizni (2 kg gacha) 15 daqiqada yuvishingiz mumkin!
• Очистка барабана Eco (Barabanni Eco tozalash)
Очистка барабана Eco (Barabanni Eco tozalash) dan foydalanish kimyoviy tozalovchilar yoki
oqartiruvchilarsiz kir yuvish mashinangizni toza saqlashingizga yordam beradi. Barabanni tozalashning
maxsus dasturi tufayli baraban begona hidlarsiz toza holda saqlanadi.