Инструкция для SAMSUNG WF1802XFW

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

kir yuvish mashinasini o’rnatish 

_15

01 kir yuvish mashinasini o’rnatish

Suvni chiqarish

Samsung kompaniyasi balandligi 65 sm bo’lgan vertikal trubadan foydalanishni tavsiya qiladi. Suv 
chiqarish shlangi mashinaning orqa devorida joylashgan suv chiqarish shlangi qisqichi orqali suv 
chiqarish trubasiga tomon o’tkazilishi kerak. Suv chiqarish trubasi suv quyish shlangining tashqi 
diametriga mos kelishi uchun yetarli darajadagi katta diametrga ega bo’lishi kerak. Suv quyish shlangi 
kir yuvish mashinasiga ishlab chiqaruvchi zavodda biriktiriladi.

Pol qoplamasi

Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u tekis va qattiq sirtga o’rnatilgan bo’lishi 
kerak. Tebranishlarni va/yoki muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog’och 
pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishlarning 
vujudga kelishiga ko’maklashadi, bunda siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishga 
moyilligi kuzatiladi.

Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg’un sirtlarga o’rnatmang.

Atrof-muhit harorati

Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo’lgan joylarga o’rnatmang, chunki suv klapani, 
nasos va shlanglarda doimo oz miqdordagi suv qoladi. Trubalardagi muzlagan suv tasmalar, 
nasos va boshqa qismlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Tokcha yoki javonga o’rnatish

Kir yuvish mashinasi xavfsiz tarzda va to’g’ri ishlashi uchun uni o’rnatishda quyidagi eng kam 
darajadagi zazorlar qoldirishga amal qilish kerak.

Yon tomonlar bo’yicha - 25 mm

Orqadan - 51 mm

Yuqoridan - 25 mm

Oldindan - 465 mm

Agar kir yuvish mashinasi va quritgich birgalikda o’rnatilgan bo’lsa, tokcha yoki javonning old 
tomonida havo almashishi uchun uzunligi kamida 465 mm bo’lgan bo’sh joy qoldirilishi kerak. Kir 
yuvsih mashinasi alohida o’rnatilgan hollarda havo almashishi talab qilinmaydi.

KIR YUVISH MASHINASINI O’RNATISH

1-QADAM
Kir yuvish mashinasini o’rnatish uchun joyni tanlash

Kir yuvish mashinasini o’rnatishdan avval o’rnatiladigan joyning quyidagi talablarga javob 
berishiga ishonch hosil qiling.
•  Gilam qoplama yoki havo almashishiga to’sqinlik qilishi mumkin qoplamaga ega 

bo’lmagan qattiq, tekis sirtning mavjudligi.

•  To’g’ridan-to’g’ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalanganligi.
•  Yetarli darajadagi havo almashishiga egaligi.
•  Xonadagi haroratning 0 °C dan past bo’lmasligi.
•  Moyli yoki gas isitgichlar kabi issiqlik manbalaridan uzoqda joylashganligi.
•  Elektr manbaiga ulash kabeli kir yuvish mashinasining tagidan o’tmasligi uchun yetarli 

darajadagi joyning mavjudligi.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160
161
162
163
164
165
166
167
168
169
170
171
172
173
174
175
176