Инструкция для SAMSUNG GE712MR, GE712MR-S, GE712MR-W

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

20

O'ZBEKCHA

MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH

Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat zarrachalari to'planishining 

oldini olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:

•  Pechning ichki va tashqi yuzalari
•  Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
•  Aylanuvchi patnis va rolikli taglik

DOIMO

 eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich 

yopilishini nazorat qiling.

Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi 

mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir 

ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

1. 

Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan 

tozalang. Yuvib tashlang va arting.

2. 

Ichki yuzalari yoki rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog'larni sovunli 

suvda ho'llangan latta bilan arting. Yuvib tashlang va arting.

3. 

Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish uchun 

limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying 

va o'n daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.

4. 

Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.

Ventilyatsiya tirqishlariga

 suv tushishiga yo'l qo'ymang.  

HECH QACHON abraziv mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan 

foydalanmang. Zarrachalarning qolmaganligiga ishonch hosil qilish 

uchun eshik zichlagichlarini tozalaganda alohida e'tibor bering:

•  ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga
•  eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e'tibor 

qarating

Ichki kamerani

 pechdan har bir foydalanishdan keyin yumshoq yuvish 

vositasi eritmasidan foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning oldini 

olish uchun avval pech ichki kamerasi devorlarining sovushini kuting.

MIKROTO'LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA'MIRLASH

Mikroto'lqinli pechni o'rnatishda va unga xizmat ko'rsatishda bir nechta 

oddiy ehtiyot choralari ko'rilishi lozim.

Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari shikastlangan bo'lsa, uni 

ishlatish mumkin emas:

•  Xalqalari singan bo'lsa
•  Zichlagich yemirilgan bo'lsa
•  Pech qoplamasi deformatsiyalangan yoki bukilgan bo'lsa

Pechni ta'mirlash ishlari faqat mikroto'lqinli pechlar bo'yicha malakali 

mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.

HECH QACHON

 pechning tashqi qoplamasini yechib olmang. Agar 

pech nosoz bo'lsa va ta'mirlash talab etilsa, yoki sizni uning holati 

shubhalantirsa:

•  Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo'ying

•  Yaqinda joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling

Agar pechingizni vaqtinchalik saqlashga olib qo'ymoqchi bo'lsangiz, 

unda quruq va changsiz joyni tanlang. 

Sababi : 

Chang va namlik pechning ishchi qismlariga zararli ta'sir 

ko'rsatishi mumkin.

Ushbu mikroto'lqinli pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun 

mo'ljallanmagan.

GE712MR_BWT_DE68-04090A-03_UZ.indd   20

2013-11-28   �� 4:31:01

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88