20
O'ZBEKCHA
MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat zarrachalari to'planishining
oldini olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:
• Pechning ichki va tashqi yuzalari
• Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik
DOIMO
eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich
yopilishini nazorat qiling.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi
mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir
ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
1.
Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan
tozalang. Yuvib tashlang va arting.
2.
Ichki yuzalari yoki rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog'larni sovunli
suvda ho'llangan latta bilan arting. Yuvib tashlang va arting.
3.
Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish uchun
limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying
va o'n daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.
4.
Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.
Ventilyatsiya tirqishlariga
suv tushishiga yo'l qo'ymang. HECH
QACHON abraziv mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan
foydalanmang. Zarrachalarning qolmaganligiga ishonch hosil qilish
uchun eshik zichlagichlarini tozalaganda alohida e'tibor bering:
• ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga
• eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e'tibor
qarating
Ichki kamerani
pechdan har bir foydalanishdan keyin yumshoq yuvish
vositasi eritmasidan foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning oldini
olish uchun avval pech ichki kamerasi devorlarining sovushini kuting.
MIKROTO'LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA'MIRLASH
Mikroto'lqinli pechni o'rnatishda va unga xizmat ko'rsatishda bir nechta
oddiy ehtiyot choralari ko'rilishi lozim.
Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari shikastlangan bo'lsa, uni
ishlatish mumkin emas:
• Xalqalari singan bo'lsa
• Zichlagich yemirilgan bo'lsa
• Pech qoplamasi deformatsiyalangan yoki bukilgan bo'lsa
Pechni ta'mirlash ishlari faqat mikroto'lqinli pechlar bo'yicha malakali
mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.
HECH QACHON
pechning tashqi qoplamasini yechib olmang. Agar
pech nosoz bo'lsa va ta'mirlash talab etilsa, yoki sizni uning holati
shubhalantirsa:
• Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo'ying
• Yaqinda joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling
Agar pechingizni vaqtinchalik saqlashga olib qo'ymoqchi bo'lsangiz,
unda quruq va changsiz joyni tanlang.
Sababi :
Chang va namlik pechning ishchi qismlariga zararli ta'sir
ko'rsatishi mumkin.
Ushbu mikroto'lqinli pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun
mo'ljallanmagan.
GE712AR_BWT_DE68-04050M-03_UZ.indd 20
2013-11-28 �� 7:45:15