![background image](/i/samsung/155905/samsung-wd1142xvr-eco-bubble/h/samsung-wd1142xvr-eco-bubble-136.png)
O’zbek - 4
Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko'rsatmalarni o'qib chiqing.
Elektr toki va harakatlanuvchi detallardan iborat bo'lgan har qanday jihozlar kabi ehtimoliy xatarlar
mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing
va undan foydalanganda xavfsizlik choralariga amal qiling.
Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangiz ustida yoki uning ichida o'ynashlariga yo'l
qo'ymang. Kir yuvish mashinasi eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina ichida
tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.
Jismoniy, sezgirlik yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar
(shu jumladan bolalar) ham, agar ular nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga ushbu mashinadan xavfsiz
tarzda foydalanish to'g'risida ularga javobgar shaxs ko'rsatmalar bermagan bo'lsa, ushbu mashina
bunday shaxslar tomonidan foydalanishga mo'ljallanmagan.
Ularning mashina bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun bolalarni kuzatib turing.
Agar vilka (elektr tarmog'iga ulash shnuri) shikastlangan bo'lsa, ehtimoliy xatarlarning oldini olish
uchun bunday vilka ishlab chiqaruvchi yoki uning xizmat ko'rsatuvchi agenti, yoki vakolatli mutaxassis
tomonidan almashtirilishi kerak.
Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog'iga ulash shnuri, suv (vodoprovod) krani va suv chiqarish
quvuriga (trubasiga) ulanish mumkin bo'lgan joyda o'rnatilishi kerak.
Tag qismida sovutish teshiklari bo'lgan kir yuvish mashinalarini o'rnatganda, teshiklar gilam yoki boshqa
buyumlar bilan to'silib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Yangi shlanglardan foydalaning, eski shlanglardan qayta foydalanmang.
WEEE BELGISIGA OID KO'RSATMALAR
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish
(Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning
elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli)
xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga
chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli
atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini
olish uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan
ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun
ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu
qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari
ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat
qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari
va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning
elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga
chiqarmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH
xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar
YUKON-03073S-05_UZ.indd 4
YUKON-03073S-05_UZ.indd 4
2013-12-12
2:40:39
2013-12-12
2:40:39