![background image](/i/samsung/155905/samsung-wd1142xvr-eco-bubble/h/samsung-wd1142xvr-eco-bubble-140.png)
O’zbek - 8
xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar
FOYDALANISH UCHUN OGOHLANTIRISH BELGILARI
Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona narsalar bilan ifl oslangan
hollarda elektr vilkasini rozetkadan uzing va kir yuvish mashinasini nam va yumshoq latta bilan
tozalang.
- Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi
yoki zanglashga olib kelishi mumkin.
Kuchli zarba ta'sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot bo'ling.
- Oynaning sinishi jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Suv quyish to'xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni asta-sekinlik bilan
oching. Agar uzoq vaqt davomida mashinadan foydalanilmagan bo'lsa, kranni asta-sekinlik bilan
oching.
- Suv quyish shlangi yoki vodoporvod trubasidagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi yoki
suvning sizib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Agar kir yuvish mashinasini ishlatish paytida suv oqib chiqisa, suv chiqarish tizimi bilan bog'liq
muammoning mavjudligini tekshiring.
- Agar kir yuvish mashinasidan suv chiqarish tizimi muammosi tufayli suvga to'lgan holda
foydalanilsa, bu elektr toki urishi yoki yong'inga sabab bo'lishi mumkin.
Yuviladigan kirlarni mashinaning ichiga to'liq joylashtiring, kirlar mashinaning eshigiga qisilib qolmasin.
- Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi ishdan
chiqishi yoki suvning chiqib ketishi sodir bo'lishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi ishlatilmaganda, vodoprovod krani yopilganligiga ishonch hosil qiling.
- Suv quyish shlangi ulovchisidagi vinting tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.
- Ushbu talabga amal qilmaslik mulkga zarar yetkazilishi yoki jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
Rezina zichlagichi (prokladka)da begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar va hokazo)
yo'qligini tekshiring.
- Agar eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Mashinadan foydalanishdan avval kranni oching va suv quyish shlangi ulovchisining mahkam
biriktirilganligi va suvning oqib chiqmasligini tekshiring.
- Agar vintlar yoki suv quyish shlangi ulovchisi bo'shab qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab
bo'lishi mumkin.
Siz xarid qilgan kir yuvish mashinasi faqat uyda foydalanish uchun mo'ljallangan. Biznes maqsadlarida
foydalanish mashinadan noto'g'ri foydalanish hisoblanadi. Bunday hollarda kir yuvish mashinasiga
nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat qo'llanilmaydi va bunday noto'g'ri foydalanish
natij asidagi nosozliklar yoki shikastlanishlar uchun javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab bo'lmaydi.
Agar yuvishni boshlashdan avval yuviladigan kiyimlarga yuvish yoki dog' ketkazish vositasi qo'shgan
bo'lsangiz, yoki kirlarga dastlabki qayta ishlov berilgan bo'lib ular ma'lum vaqtgacha qoldirilgan bo'lsa,
kiyimlarning rangi o'chishi mumkin.
Yuviladigan kirlarning turiga qarab tavsiya etilgan rejim va haroratni tanlang, rangning mustahkamligini
e'tiborga olib saralang va tegishli rejimni tanlang.
Kiyimlarni kir yuvish mashinasiga solganda to'gʼn ag'ich, tugmalar va tangalar kabi begona narsalar
kiyimlar ichidan olinganligiga ishonch hosil qiling. Kir narsalarni nisbatan toza narsalardan ajratib
alohida va nozik narsalarni esa dag'al narsalardan ajratib alohida yuving.
Agar buyumda dog' bo'lsa, uni darhol yuving. Dog' ketkazish yoki yuvish vositasidan faqat buyum
rangning mustahkamligini ichki chokiga oz miqdorda qo'shib tekshirgandan soʼn g foydalaning.
DIQQAT
YUKON-03073S-05_UZ.indd 8
YUKON-03073S-05_UZ.indd 8
2013-12-12
2:40:39
2013-12-12
2:40:39