![background image](/i/samsung/154095/samsung-wf-m124zau/h/samsung-wf-m124zau-139.png)
O'zbek - 3
01 XA
VFSIZLIK BO'YICHA MA'L
UMO
TLAR
xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar
Yangi Samsung kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu qo'llanmada kir
yuvish mashinangizni o'rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo'yicha muhim
ma'lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning barcha afzalliklari va imkoniyatlaridan to'liq
darajada foydalanish uchun ushbu qo'llanmani o'qib chiqing.
TEXNIKA XAVFSIZLIGI KO'RSATMALARI TO'G'RISIDA MUHIM MA'LUMOTLAR
Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko'pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda boshqarishni
bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo'llanmani diqqat bilan o'qib chiqing va kelajakda foydalanish uchun
mashinaning yonidagi ishonchli joyda saqlang. Ushbu mashinadan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan maqsadlardagina
foydalaning.
Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha
holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda siz sog'lom
fi kr bilan ish ko'rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani tegishli qarov bilan ta'minlashingiz kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo'lganligi uchun kir yuvish
mashinangizning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi belgilar
ham sizning mashinangizga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa, sizga eng
yaqin bo'lgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan tavsiyalar yoki
ma'lumotlar toping.
MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI
Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasida foydalaniladigan belgilar va
ramzlar quyidagi maʼn olarni bildiradi:
OGOHLANTIRISH
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik
jiddiy jarohat
olish, o'lim va/yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik
jarohat olish va/
yoki mulklarning zararlanishi
ga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Yong'in chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfi ni kamaytirish uchun kir
yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:
Kuch ishlatmang.
Qismlarga ajratmang.
Tegmang.
Ko'rsatmalarga qat'iy amal qiling.
Elektr vilkasini rozetkadan chiqaring.
Elektr toki urishining oldini olish uchun kir yuvish mashinasi yerga ulangan simga
ulanganligiga (zazemleniye qilinganligiga) ishonch hosil qiling.
Yordam uchun xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Izoh
Ushbu ogohlantiruvchi belgilar siz va boshqalarning jarohatlanishlarini oldini olish uchun bu yerda
keltirilgan. Iltimos, ularga qat'iy amal qiling.
Ushbu bo'limni o'qib chiqqandan keyin kelajakda foydalanish uchun qo'llanmani ishonchli joyda saqlang.
Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko'rsatmalarni o'qib chiqing.
Elektr toki va harakatlanuvchi detallardan iborat bo'lgan har qanday jihozlar kabi ehtimoliy xatarlar mavjud.
Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan
foydalanganda xavfsizlik choralariga amal qiling.
ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec10:3
ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec10:3
2014-03-07
12:56:42
2014-03-07
12:56:42