![background image](/i/samsung/154095/samsung-wf-m124zau/h/samsung-wf-m124zau-163.png)
O'zbek - 27
03 KIR YUVISH
Kiyimlarni qo'lda yuvish
Siz Sikl tanlovchisidan foydalanmagan holda kir yuvishni qo'lda bajarishingiz mumkin.
1.
Suv quyish kranini yoqing.
2.
Kir yuvish mashinasida
Вкл. (Quvvat)
tugmasini bosing.
3.
Eshikni oching.
4.
Kiyimlarni navbati bilan baraban ichiga ortiqcha zichlab to'ldirmasdan yuklang.
5.
Eshikni yoping.
6.
Kir yuvish vositasi va, kerak bo'lsa, yumshatgich yoki dastlabki yuvish uchun kir yuvish
vositasini tegishli bo'limlarga qo'shing.
7.
Haroratni tanlash uchun
Температура (Haror.)
tugmasini bosing.
(Sovuq suv, 20 ˚C, 30 ˚C, 40 ˚C, 60 ˚C, 95 ˚C)
8.
Kerakli chayqash sikllarining sonini tanlash uchun
Полоскание (Chayish)
tugmasini bosing.
Chayish sikllarining eng ko'p soni beshta.
Yuvish davomiyligi mos tarzda ortadi.
9.
Siqish tezligini tanlash uchun
Отжим (Siqish)
tugmasini bosing. (
: Siqishsiz)
10. Отложить стирку (Kir yuvishni kechiktirish)
tugmasini mavjud
Отложить стирку (Kir yuvishni kechiktirish) opsiyalar bo'ylab o'tish uchun qayta-qayta bosing
(qiymat darajasi bir soatdan bo'lib 3 soatdan 19 soatgacha). Namoyish qilingan vaqt kir
yuvishning tugallash vaqtini ko'rsatadi.
11. Старт/Пауза (Boshlash/To'xtatish)
tugmasini bosing va mashina siklni boshlaydi.
KIR YUVISH BO'YICHA KO'RSATMALAR
Eng toza yuvilgan kirlar va kir yuvishning eng yaxshi natij alariga ega bo'lish uchun ushbu oddiy
ko'rsatmalarga amal qiling.
Yuvishdan avval doimo kiyim etiketkasidagi yuvishning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqing.
Yuviladigan kirlarni quyidagi toifalar bo'yicha turlarga ajrating va yuving:
•
Yuvish bo'yicha ko'rsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika,
ipak, jun va viskozadan qilingan buyumlar turlariga ajrating.
•
Rangi: Rangli buyumlarni oq rangdagi buyumlardan ajrating. Yangi rangli buyumlarni alohida
yuving.
•
O'lchami: O'lchamlari bo'yicha farq qiladigan buyumlarni aralashtirib solish yuvish
samaradorligini oshiradi.
•
Ta'sirchanlik: Toza, yangi junli buyumlar, pardalar va ipakli buyumlar uchun nozik yuvish
siklidan foydalanib nozik buyumlarni alohida yuving. O'zingiz yuvayotgan buyumlarning
yorliqlarini tekshiring yoki ilovadagi kiyimlarni saqlash jadvaliga qarang.
Choʼn taklarni bo'shatish
Har bir kir yuvishdan avval yuviladigan buyumlaringizning barcha choʼn taklarini bo'shating. Tanga,
pichoq, to'gʼn ag'ich va qog'oz uchun skrepka kabi kichkina, qattiq va o'tkir buyumlar kir yuvish
mashinangizni shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Katta to'qalari, tugmalari yoki boshqa og'ir
metall buyumlari mavjud bo'lgan kiyimlarni yuvmang.
Kiyimlardagi metall elementlar kiyim va bakga shikast yetkazishi mumkin. Ularni yuvishdan
avval tugmali va kashtali kiyimlarni teskarisini ag'darib qo'ying. Agar yuvish vaqtida shimlar va
kurtkalarning zamoklari ochiq bo'lsa, baraban shikastlanishi mumkin. Yuvishdan avval zamoklar
yopilishi va ip bilan bog'lab qo'yilishi kerak.
Uzun bog'ichlari bo'lgan kiyimlar boshqa kiyimlar bilan aralashib ketishi va ularni shikastlashi
mumkin. Kir yuvishni boshlashdan avval iplarning biriktirib qo'yilganligiga ishonch hosil qiling.
Paxtadan qilingan buyumlarni dastlabki yuvish
Ushbu kir yuvish mashinasi zamonaviy kir yuvish vositalari bilan birgalikda quvvatlar, vaqt, suv va
kir yuvish vositasini tejagan holda ajoyib kir yuvish natij alariga erishishni ta'minlaydi. Biroq, agar
paxtadan qilingan buyumlar juda kirlangan bo'lsa, ularni yuvish uchun oqsillar asosidagi kir yuvish
vositasi bilan dastlabki yuvish rejimidan foydalaning.
ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec5:27
ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec5:27
2014-03-07
12:56:49
2014-03-07
12:56:49