Инструкция для SAMSUNG WF60F4E4W2W

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

O’zbek - 12

O’rnatish talablariga muvofiqlik

Elektr ta’minoti va yerga ulash

OGOHLANTIRISH

: Uzatma simidan foydalanmang.

Faqat kir yuvish mashinasi bilan berilgan elektr manbaiga ulash shnuridan foydalaning.

O’rnatishga tayyorlashda quvvat manbaining quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling:
• 

220 - 240 V / 50 Gz kuchlanishli predoxranitel yoki avtomatik vklyuchatel

• 

Kir yuvish mashinasi uchun mo’ljallangan alohida tarmoqlangan zanjir

Kir yuvish mashinasi yerga ulangan bo’lishi kerak. Kir yuvish mashinasi to’g’ri ishlamagan yoki ishdan chiqqan hollarda yerga ulash elektr toki 
uchun eng kam qarshilikli yo’l bilan ta’minlagan holda elektr toki urishi xavfini kamaytiradi.
Kir yuvish mashinasi yerga ulangan rozetkada foydalanish uchun mo’ljallangan yerga ulash kabeliga ega bo’lgan uch shtirli elektr manbaiga 
ulash kabeli bilan birga beriladi. 

OGOHLANTIRISH

: Yerga ulash simini hech qachon plastik vodoprovod, gaz ta’minlash liniyalari yoki issiq suv trubasiga ulamang.

Yerga ulash simining noto’g’ri ulanishi elektr toki urishiga olib kelishi mumkin. Kir yuvish mashinasini yerga ulashning to’g’ri bajarilganligiga 
ishonchingiz komil bo’lmasa, maslahat olish uchun malakali elektrik yoki texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha mutaxassisga murojaat qiling.

DIQQAT

: Kir yuvish mashinasi bilan birga berilgan elektr manbaiga ulash vilkasini o’zgartirmang. Agar vilka rozetkaga mos kelmasa, 

tegishli rozetkani o’rnatish uchun malakali elektrikka murojaat qiling.

Suv quyish

Suv bosimi 50 kPadan 800 kPagacha bo’lsa, kir yuvish mashinasi ishlayotganda unga suv tegishlicha quyiladi. Suv bosimi 50 kPadan past 
bo’lganda, suv klapanining ishida uzilishlar yuz berishi mumkin va ushbu klapan to’liq yopilmasligi mumkin. Kir yuvish mashinasi boshqaruv 
tizimi suv bosimini boshqara olmay qolishi va kir yuvish mashinasini o’chirib qo’yishi mumkin. (Boshqaruv tizimida kir yuvish mashinasini 
to’ldirish vaqti uchun cheklanish o’rnatilgan, bu ichki shlang bo’shab qolgan hollarda ortiqcha suv quyilishi yoki suvning toshib ketishini 
oldini olishga imkon beradi.)
Kir yuvish mashinasi bilan berilgan shlanglar kir yuvish mashinasini vodoprovodga ulash uchun yetarli bo’lishi uchun vodoprovod kranlari kir 
yuvish mashinasining orqa devoridan 120 smdan ko’p bo’lmagan masofada joylashgan bo’lishi kerak.

Ko’pchilik santexnika mahsulotlari sotiladigan do’konlarda uzunligi eng ko’pi bilan 305 smgacha bo’lgan turli uzunliklardagi 
shlanglar sotiladi.
Quyidagi harakatlarni bajarish orqali siz suvning oqib ketishi va bu orqali yetkaziladigan zararlarning vujudga kelish xavfini 
kamaytirishingiz mumkin:
• 

Suv kranlaridan osongina foydalanishni ta’minlash.

• 

Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranlarni yopib qo’yish.

• 

Shlang prokladkalari orqali suvning oqib ketmayotganligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish.

OGOHLANTIRISH

: Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan avval shlanglarning suv klapani va vodoprovod kranlariga 

ulanadigan barcha joylardan suv oqib ketmayotganligini tekshiring.

Untitled-6   12

2014-01-10   �� 12:55:04

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160
161
162
163
164
165
166
167
168
169
170
171
172
173
174
175
176
177
178
179
180
181
182
183
184
Оглавление инструкции

Document Outline