4_
ehtiyotkorlik choralari
Ehtiyotkorlik choralari
Yangi Samsung ActivFresh™ kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan
tabriklaymiz. Ushbu qo’llanmada kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan
foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi.
Iltimos, kir yuvish mashinangizning ko’pgina afzalliklari va imkoniyatlaridan to’liq
darajada foydalana olishingiz uchun ushbu qo’llanmani o’qib chiqqani vaqt toping.
XAVFSIZLIK KO’RSATMALARI TO’G’RISIDA NIMALARNI BILISH KERAK
Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko’pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda boshqarishni
bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo’llanmani diqqat bulan o’qib chiqing. Sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin
bo’lgan ma’lumotlarni qidirishda undan foydalanish uchun ushbu qo’llanmani mashinaga yaqin bo’lgan xavfsiz joyda saqlang. Ushbu
mashinadan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan maqsadlardagina foydalaning.
Ushbu qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo’yicha muhim ko’rsatmalar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha holatlar
va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda siz sog’lom fikr bilan ish
ko’rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani tegishli qarov bilan ta’minlashingiz kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo’lganligi uchun kir yuvish
mashinangizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi belgilar ham
sizning mashinangizga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo’lsa, sizga eng yaqin bo’lgan
xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan tavsiyalar yoki ma’lumotlar toping
MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI
Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar
quyidagi ma’nolarni bildiradi:
OGOHLANTIRISH
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik
jiddiy
jarohat olish yoki o’limga
olib kelishi mumkin.
.
DIQQAT!
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik
yengil
jarohat olish yoki mulklarning zararlanishiga
olib kelishi mumkin.
DIQQAT!
Yong’in kelib chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini
kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi ehtiyot
choralariga amal qiling.
Buni qilishga urinmang.
Qismlarga ajratmang.
Tegmang.
Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.
Elektr toki urishini oldini olish uchun kir yuvish mashinasining yerga
ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Yordam olish uchun xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
Izoh.
Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun
bu yerga joylashtirilgan.
Iltimos, ularga qat’iy amal qiling.
Ushbu qo’llanmani o’qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin
bo’lgan ma’lumotlarni qidirish uchun uni ishonchli joyda saqlang.
Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko’rsatmalarni o’qib chiqing.
Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar
mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing
va undan foydalanganda tegishli qarovni amalga oshiring.