20_
kir yuvish mashinasini o’rnatish
Suvni chiqarish shlangini ulash
Suvni chiqarish shlangining uchini uch usulda joylashtirish mumkin.
1.
Rakovina yon devori orqali:
suv chiqarish shlanggi 60-90 sm balandlikda joylashishi kerak. Suv chiqarish
shlangining uchi egilgan bo’lishi uchun kir yuvish mashinasining to’plamida mavjud bo’lgan shlangni
plastmassa ushlagichidan foydalaning. Suv chiqarish shlangi joyidan siljib ketmasligining oldini olish
uchun ushlagichni ilgak yordamida devorga yoki arqon yordamida
vodoprovod jo’mragiga mahkamlab
qo’ying.
2.
Rakovinani suv chiqarish quvurining tirqishiga:
suv chiqarish quvurining ajralgan joyi shlang uchi pol
sathidan 60 sm pastroq bo’lishi uchun rakovinaning suv chiqarish sifonidan yuqoriroq joylashishi kerak.
3
. Suv chiqarish quvurida:
65 sm balandlikka ega vertikal quvurdan
foydalanish tavsiya etiladi; u 60 sm kalta va 90 sm uzun bo’lmasligi
kerak.
Suv chiqarish uchun ustunning parametrlari:
• Eng kam darajadagi diametri 5 sm.
• Suv chiqarishning eng kam darajadagi tezligi daqiqasiga 60
litr.
5-QaDam
Kir yuvish mashinasini elektr tarmog’iga ulash
Elektr manbaiga ulash kabelini devordagi eruvchan saqlagich yoki avtomatik vklyuchatel bilan
himoyalangan 220-240 V/50 Gz li ruxsat berilgan rozetkaga ulang. (Elektr ta’minoti va yerga ulashga bo’lgan
talablar to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun 14-betga qarang).
Sinovdan o’tkazish
O’rnatish tugallangandan keyin
Chayish+siqish
rejimlarini ishlatib ko’rish orqali kir yuvish
mashinasining to’g’ri o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
6-QaDam
Kalibrlash rejimini ishlatish
Ushbu Samsung kir yuvish mashinasi yuviladigan kirlar og’irligini avtomatik ravishda aniqlaydi. Og’irlikni
aniqroq aniqlash uchun kir mashinasi o’rnatib bo’lingandan keyin darhol Kalibrlash rejimini ishlatish tavsiya
qilinadi. Kalibrlash rejimini ishlatish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.
1.
Kalibrlash rejimini ishlatishdan avval bakning ichida yoki kir yuvish mashinasining ustida hech nima
yo’qligiga ishonch hosil qiling. Kir yuvish mashinasini o’chiring.
2. harorat va Kir yuvish kechiktirish
tugmalarini bir vaqtda bosib turgan holda
yoqish/o’chirish
tugmasini bosing.Kir yuvish mashinasi yonadi.
3.
Kalibrlash rejimini ishga tushirish uchun
ishga tushirish
tugmasini bosing.
4.
Baraban 3 daqiqacha soat streklasi yo’nalishida va soat strelkasiga qarama-qarshi yo’nalishda aylanadi.
5.
Kalibrlash rejimi tugallangandan keyin displeyda End(En) namoyish qilinadi va kir yuvish mashinasi
avtomatik ravishda o’chadi. Kir yuvish mashinasi foydalanish uchun tayyor.
Kir yuvish mashinasini o’rnatish
Suv chiqarish shlangi
Shlang ushlagichi
60 - 90 sm
60 ~ 90 cm