Инструкция для SAMSUNG WW90H7410EW Eco Bubble

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

O'zbekcha - 7

01

 X

AVFSIZLIK

 BO
’Y

ICHA

 M

A’L

UMO

TL

AR

Kir yuvish mashinasidan foydalanishni boshlashdan avval uning asosiga biriktirilgan qadoqlarni (gubka, 
penoplast) olib tashlanganligiga ishonch hosil qiling.

Mashinaning kirlangan qismlarini gazolin, benzin, kerosin, bo’yoqlarning erituvchilari, spirt yoki boshqa 
yonuvchi yoki portlovchi moddalar bilan yuvmang.

•  Bu elektr toki urishi, yong’in yoki portlashga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotganda (yuqori haroratli suv bilan kir yuvish/quritish/siqish rejimlarida) uning 
eshigini kuch bilan ochmang.

•  Kir yuvish mashinasidan oqib chiqayotgan suv kuyishga sabab bo’lishi yoki polni sirpanchiq qilishi mumkin. 

 

Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

•  Eshikni kuch bilan ochish mashinaning ishdan chiqishiga yoki jarohat olishiga sabab bo’lishi mumkin.

Mashina ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo’llaringizni tiqmang.

•  Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo’llaringiz bilan tegmang.

•  Bu elektr toki urishiga sabab bo’lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda elektr manbaiga ulash vilkasini sug’urish orqali mashinani o’chirmang.

•  Elektr manbaiga ulash vilkasini yana rozetkaga ulash uchqun chiqishiga sabab bo’lishi va elektr toki urishi 

yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Bolalarga yoki quvvatsiz kishilarga kir yuvish mashinasidan nazoratsiz foydalanishlariga yo’l qo’ymang. 
Bolalarning mashina ustiga chiqishlariga yo’l qo’ymang.

•  Bu elektr toki urishi, kuyish yoki jarohat olishga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo’llaringizni yoki metall buyumlarni tiqmang.

•  Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini elektr manbaiga ulash shnuridan tortgan holda rozetkadan uzmang. Har doim vilkani 
mahkam ushlang va uni to’g’ridan-to’g’ri rozetkadan sug’urib oling.

•  Elektr manbaiga ulash shnurining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong’in va/yoki elektr toki urishiga olib 

kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini o’zingizcha ta’mirlash, qismlarga ajratish yoki o’zgartirishga urinmang.

•  Standart shakldagi predoxranitellardan tashqari boshqa hech qanday predoxranitellardan (masalan, mis 

qo’yilma, po’lat sim va hokaso) foydalanmang.

•  Kir yuvish mashinasini ta’mirlash yoki qaytadan o’rnatish kerak bo’lgan hollarda o’zingizga eng yaqin 

joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

•  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq 

muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Agar suv quyish shlangi krandan uzilsa va mashinani suvga ko’mib yubora boshlasa, elektr manbaiga ulash 
vilkasini rozetkadan uzing.

•  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanilmaslik yoki momaqaldiroq yoki chaqmoq bo’layotgan vaqtda 
elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzib qo’ying.

•  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasiga birorta begona buyum kirib qolgan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan 
uzing va o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

•  Bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160
161
162
163
164
165
166
167
168
169
170
171
172
173
174
175
176
Оглавление инструкции

Document Outline