Инструкция для SAMSUNG WW90H7410EW Eco Bubble

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

O'zbekcha - 9

01

 X

AVFSIZLIK

 BO
’Y

ICHA

 M

A’L

UMO

TL

AR

Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumlarni joylashtirmang.

•  Bu noto’g’ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori bo’ladi. Bunday suvga 
tegmang.

•  Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus rejim mavjud bo’lmasa, o’tirg’ichlar 
uchun suv o’tkazmaydigan to’shamalar, bo’yralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.
(*): Jundan qilingan choyshablar, yomg’irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, chang’ichilarning 
shimlari, uxlash uchun yostiqchalar, yo’rgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar, mototsikllar va 
mashinalarni yopish uchun tentlar va hokazo.

•  Hattoki yorlig’ida kir yuvish mashinasi belgisi ko’rsatilgan bo’lsa ham, qalin yoki qattiq to’shamalarni 

yuvmang. Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki 
kiyimlarga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin.

•  Ushbu kir yuvish mashinasida gilamchalar yoki rezina tagligi bo’lgan gilamchalarni yuvmang. Rezina taglik 

ajralib ketishi va baraban ichiga yopishib qolishi, bu esa suv chiqarish xatoligi kabi toto’g’ri ishlashlarga olib 
kelishi mumkin.

Kir yuvish vositasi qutisi o’z joyiga qo’yilmagan holda kir yuvish mashinasini ishga tushirmang.

•  Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo’ladi.

•  Bu kuyishga sabab bo’lishi mumkin.

Qo’lingizni kir yuvish vositasi qutisi ichiga tiqmang.

•  Bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin, chunki qo’lingiz kir yuvish vositasini solish tizimi tomonidan ushlab 

qolinishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak bo’lgan narsalardan boshqa hech qanday narsalarni (oyoq kiyimlari, 
ovqat qoldiqlari, hayvonlar kabi) solmang.

•  Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining 

jarohatlanishi va o’limiga olib kelishi mumkin.

Sochto’g’nag’ich, pichoq, tirnoq kabi o’tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.

•  Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Odatda terini parvarish qilish vositalari do’konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar yoki 
los’onlar bilan ifloslangan kiyimlarni yuvmang.

•  Bu rezina zichlagichning deformatsiyalanishiga sabab bo’lishi va suvning chiqib ketishiga olib kelishi 

mumkin.

Nina to’g’nag’ichlar, soch to’g’nag’ichlari yoki oqartirgich tyubigi kabi buyumlarni barabanda uzoq vaqt 
qoldirmang.

•  Bu barabanning zanglanishiga olib kelishi mumkin.
•  Agar baraban sirtida zanglagan joylar paydo bo’la boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash vositasini seping 

va uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning.  Hech qachon metall chyotkadan foydalanmang.

Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan to’g’ridan-to’g’ri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy tozalash 
vositalari bilan zararlangan kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.

•  Bu moyning oksidlanishidan hosil bo’luvchi yuqori harorat tufayli o’z-o’zidan yonib ketishga yoki birdan 

yonib ketishga olib kelishi mumkin.

Suvni sovutish/isitish qurilmalaridan olingan suvdan foydalanmang.

•  Bu kir yuvish mashinasi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160
161
162
163
164
165
166
167
168
169
170
171
172
173
174
175
176
Оглавление инструкции

Document Outline