Инструкция для SAMSUNG WW90H7410EW Eco Bubble

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

O'zbekcha - 8

DIQQAT: Foydalanishga oid OGOHLANTIRUVCHI 

MA’LUMOTLAR

Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan ifloslangan hollarda 
elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan kir yuvish mashinasini tozalang.

•  Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o’chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi yoki 

zanglashga olib kelishi mumkin.

Kuchli zarba ta’sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot bo’ling.

•  Oynaning sinishi jarohat olishga olib kelishi mumkin.

Suv quyish to’xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni asta-sekinlik bilan oching.

Agar uzoq vaqt davomida mashinadan foydalanilmagan bo’lsa, kranni asta-sekinlik bilan oching.

•  Suv quyish shlangi yoki vodoporvod trubasidagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi yoki suvning 

oqib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasini ishlatish vaqtiga suv chiqishi xatoligi sodir bo’lsa, suv chiqarish tizimi bilan bog’liq 
muammoning mavjudligini tekshiring.

•  Agar kir yuvish mashinasidan suv chiqarish tizimi muammosi tufayli suvga ko’milgan holda foydalanilsa, bu 

elektr toki urishi yoki yong’inga sabab bo’lishi mumkin.

Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda to’laligicha kir yuvish 
mashinasining ichiga joylashtiring.

•  Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi yoki 

suvning chiqib ketishi sodir bo’lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranni yopib qo’ying.

Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintlarning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.

•  Ushbu talabga amal qilmaslik mulklarning shikastlanishi yoki jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.

Rezina zichlagich va old eshik oynasida begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar, soch va hokazo) 
yo’qligiga ishonch hosil qiling.

•  Agar begona buyumlar eshikka tiqilib qolsa yoki eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga 

sabab bo’lishi mumkin.

Mashinadan foydalanishdan avval kranni oching va suv quyish shlangi ulovchisining mahkam biriktirilganligi va 
suvning oqib chiqmasligini tekshiring.

•  Agar suv quyish shlangi ulovchisi vintlari bo’shab qolgan bo’lsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo’lishi 

mumkin.

Siz xarid qilgan kir yuvish mashinasi faqat uyda foydalanish uchun mo’ljallangan.

Kir yuvish mashinasidan biznes maqsadlarida foydalanish mashinadan noto’g’ri foydalanish hisoblanadi. Bunday 
hollarda kir yuvish mashinasiga nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat qo’llanilmaydi va bunday 
noto’g’ri foydalanish natijasidagi nosozliklar yoki shikastlanishlar uchun javobgarlikni Samsung zimmasiga 
yuklab bo’lmaydi.

Kir yuvish mashinasining ustiga chiqmang yoki kir yuvish mashinasi ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, 
yoqilgan shamlar, yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qo’ymang.

•  Bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolar yoki jarohatlanishlarga 

olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi sirtiga insektitsidlar kabi tez bug’lanuvchi materiallarni sepmang.

•  Odam uchun xavfli bo’lish bilan bir paytda bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi yoki mahsulotning ishlashi 

bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160
161
162
163
164
165
166
167
168
169
170
171
172
173
174
175
176
Оглавление инструкции

Document Outline