O‘zbek -
25
02 KIR UYUMINI YUVISH
Yuklanish hajmini aniqlash
Kir yuvish mashinasiga ortiqcha yuklanish bermang, aks holda kirlaringiz yaxshi yuvilmay qolishi mumkin.
Yuviladigan kir turiga ko'ra yuklanish hajmini aniqlash uchun quyidagi jadvaldan foydalaning.
Mato turi
Yuklanish hajmi
ХЛОПОК (PAXTA)
- o‘rtacha/yengil kirlangan
- o‘ta kirlangan
6,0 kg
СИНТЕТИКА (SINTETIKA)
2,5 kg
ШЕРСТЬ (JUN)
2,0 kg
• Kirlar notekis tarqalgan bo‘lsa (displeyda "
UE
" yonadi), qaytadan taqsimlab chiqing.
Agar kirlar bir tekis taqsimlanmasa, siqish samaradorligi pasayishi mumkin.
• Choyshab yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin.
• Choyshab yoki parli adyollar uchun tavsiya etilgan yuklanish 1,8(kg) yoki kamroqni tashkil etadi.
Ko'krakpechlarni (suvda yuviladigan) to'r qoplarga (alohida sotib olinadi) joylanganligiga ishonch
hosil qiling.
• Ko'krakpechlarning metalldan yasalgan qismlari matolarni teshib o'tishi va
shikastlashi mumkin. Shuning uchun ham ularni nozik materialdan qilingan kir
yuvish to'r qopchalariga joylash kerak.
• Paypoq, qo'lqop, chulki paypoqlari va ro'molchalar singari kichkina va yengil
kiyimlar eshikka tiqilib qolishi mumkin. Ularni nozik materialdan qilingan kir yuvish
to'r qopchalariga joylashtiring.
Kir yuvish to'r qopchasini boshqa kirlarga qo'shmagan holda alohida yuvmang.
Bu kir yuvish mashinasini siljitib yuborishi va shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan kuchli
tebranishlarni hosil qilishi mumkin.
KIR YUVISH VOSITASI VA QO'SHIMCHALAR TO'G'RISIDA MA'LUMOT
Qanday vosita ishlatiladi
Siz foydalanishingiz kerak bo'lgan kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang,
yuvish harorati va kirlanish darajasiga asoslangan holda aniqlanadi. Doimo avtomat kir yuvish mashinalari uchun
mo'ljallangan "kam ko'piklovchi" kir yuvish vositasidan foydalaning.
Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga asoslangan
holda, kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Agar siz hududingizdagi suvning
qattiqlik darajasini bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti idorasidan so'rang.
Qattiqlashgan yoki qotib qolgan kir yuvish vositasidan foydalanmang, chunki kir yuvish vositasi chayish
rejimida qolib ketishi mumkin. U kir yuvish mashinasini tegishlicha chaymasligiga yoki to'silib qolish natijasida
suvning tashib ketishiga olib kelishi mumkin.
Jun rejimida quyidagilarga e'tibor bering.
• Junga mo'ljallangan neytral suyuq vositadangina foydalaning.
• Kukunsimon vosita ishlatilsa, u kiyimlarda qolib ketishi va mato (jun) ga zarar yetkazishi mumkin.
DIQQAT
Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim5:25
Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim5:25
2015-12-24
1:33:42
2015-12-24
1:33:42