O‘zbek -
15
01 SOZLASH
3-BOSQICH
Oyoqchalar balandligini o'zgartirish
Kir yuvish mashinasini o'rnatishda elektr manbaiga ulash vilkasi, suv quyish shlangi va oqava shlangidan
osongina foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash kerak.
1.
Kir yuvish mashinasini o'zingiz tanlagan joyga olib boring.
2.
Barmoqlaringiz bilan
oyoqchalarni kerakli yo'nalishda
aylantirish orqali kir yuvish
mashinasini tekislang.
3.
Mashina tekis bo'lgach, birga kelgan klyuch yordamida gaykalarni
qotiring.
4-BOSQICH
Suv va oqavani ulash
Suv quyish shlangini ulash
1.
Sovuq suv quyish shlangining L shaklidagi nasadkasini
mashinaning orqa tarafidagi sovuq suq quyish tirqishiga
ulang. Qo'lda mahkamlang.
Shlangning bir uchi mashinaga, ikkinchi uchi kranga
ulanadi. Suv ta'minoti shlangini tortmang. Agar shlang
juda qisqa bo'lsa, shlangni uzunroq, yuqori bosimli
shlang bilan almashtiring.
2.
Issiq sovuq quyish shlangining boshqa uchini
rakovinaning sovuqsuv kraniga ulang va qo'lda
mahkamlang. Zarur bo'lgan hollarda siz L nasadkani
bo'shatish va qaytadan taranglashtirish orqali suv
quyish shlangini kir yuvish mashinasiga qaytadan
joylashtirishingiz mumkin.
Ba'zi modellarda qo'shimcha issiq suv olish joyi mavjud bo'ladi:
1.
Issiq suv quyish shlangining L shaklidagi nasadkasini mashinaning orqa tarafidagi issiq suq quyish tirqishiga
ulang. Qo'lda mahkamlang.
2.
Issiq suv quyish shlangining boshqa uchini rakovinaning issiq suv kraniga ulang va qo'lda mahkamlang.
3.
Faqat sovuq suv ishlatmoqchi bo'lsangiz, ayri ulama ishlating.
Opsiya
Opsiya
Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim4:15
Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim4:15
2015-12-24
1:33:40
2015-12-24
1:33:40