O‘zbek -
4
Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir yuvish
mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:
1.
Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun
javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida
avvaldan ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki
aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan
shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.
2. Yevropada foydalanish uchun:
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan
bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar
tegishli yo'l-yo'riq yoki ko'rsatma berilgan taqdirda va uning xavfini
tushingan holda foydalanishi mumkin. Bolalar ushbu qurilma bilan
o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar
tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
3.
Bolalar jihoz bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz kerak.
4.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarlarning
oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki
malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
5.
Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to'plamidan foydalanilishi va
eski shlanglar to'plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.
6.
Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo'lgan qurilmalarda gilam
ushbu tirqishlarni to'sib qo'ymasligi kerak.
7. Yevropada foydalanish uchun:
Uzluksiz nazorat ostida bo‘lmasa, 3
yoshdan kichik bolalarni yaqinlashtirmang.
OGOHLANTIRISH
xavfsizlik to'g'risida ma'lumotlar
Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim2:4
Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim2:4
2015-12-24
1:33:38
2015-12-24
1:33:38