O‘zbek -
31
04 NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH
nosozliklarni bartaraf etish hamda
axborot kodlari
AGAR KIR YUVISH MASHINANGIZ... BO'LSA, QUYIDAGI BANDLARNI
TEKSHIRING
MUAMMO
YECHIM
Ishga tushmayapti
•
Kir yuvish mashinasining rozetkaga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
•
Eshikning mahkam yopilganligiga ishonch hosil qiling.
•
Kran(lar)ning yoqilganligiga ishonch hosil qiling.
•
Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.
Suv bilan yetarlicha
to'ldirilmagan yoki suv yo'q
•
Suv kranini to'liq oching.
•
Suv quyish shlangining muzlamaganligiga ishonch hosil qiling.
•
Suv quyish shlanglarini to'g'rilang.
•
Suv quyish shlangidagi filtrni tozalang.
Kir yuvish sikli yakunlangandan
keyin bo'lmada kir yuvish
vositasi qoldiqlari bor
•
Kir yuvish vositasining yetarli suv bosimi bilan ishlayotganligiga ishonch hosil qiling.
•
Kir yuvish vositasi tortmaning markaziga solinganligiga ishonch hosil qiling.
Tebranayapti yoki kuchli shovqin
bilan ishlayapti
•
Kir yuvish mashinasining tekis sirtga o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Agar sirt
notekis bo'lsa, kir yuvish mashinasini tekislash uchun uning oyoqchalarini sozlang.
•
Tashish boltlarining olib qo'yilganligiga ishonch hosil qiling.
•
Kir yuvish mashinasining boshqa narsalarga tegib turmaganligiga ishonch hosil qiling.
•
Kir yuklanishining tekis taqsimlanganligiga ishonch hosil qiling.
Kir yuvish mashinasi suv
chiqarmayapti va/yoki kirlarni
siqmayapti
•
Oqava shlangini to‘g‘rilang. Shlangning bukilgan joylarini yo'qoting.
•
Chiqindi filtrining to'lib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Eshik yopiq holda to'silib qolgan
yoki ochilmayapti.
•
Barabandagi suv to'liq chiqib ketganligiga amin bo'ling.
•
Eshik qulfining chirog'i o'chiqligiga amin bo'ling. Suv chiqib ketgach, eshik qulfi chirog'i
o'chadi.
Agar muammoni bartaraf qilib bo'lmasa, mahalliy Samsung mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim7:31
Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim7:31
2015-12-24
1:33:44
2015-12-24
1:33:44