O‘zbek -
5
8. DIQQAT:
Issiqlik o'chirgichining tasodifiy qayta o'rnatilishi tufayli
yetadigan zararlarning oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi
o'chirib-yoqish qurilmasi orqali elektr toki bilan ta'minlanmasligi yoki
xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda o'chirib-yoqiluvchi
zanjirga ulanmasligi kerak.
O'RNATISHDAGI JIDDIY OGOHLANTIRISH BELGILARI
Ushbu qurilmani o'rnatish malakali texnik yoki xizmat ko'rsatuvchi kompaniya tomonidan amalga oshirilishi
kerak.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, portlash, mahsulotning ishlashi bilan
bog'liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Ushbu mashina og'ir, shuning uchun uni ko'targanda ehtiyot bo'ling
Elektr tarmog'iga ulash shnurini 220 V / 50 Gts / 15 A li devor rozetkasiga ulang va bu rozetkadan faqat
ushbu mashinani ulash uchun foydalaning. Bundan tashqari, uzaytirgichdan foydalanmang.
- Uchtalik yoki uzaytma simdan foydalangan holda, rozetkaga boshqa qurilmalarni ulash elektr toki urishi
yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
- Elektr kuchlanishi, chastotasi va tok kuchining mahsulot xususiyatlarida ko'rsatilganlari bilan bir xil
ekanligiga ishonch hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi
mumkin. Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkaga mahkam tiqing.
Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa
joylarini muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.
- Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga shnur polga qarab yo'naltirilgan holda tiqing.
- Agar elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga teskari yo'nalishda ketadigan tarzda tiqsangiz, shnur
ichidagi elektr simlar shikastlanishi va bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Barcha o'rama materiallarini bolalarning qo'li yetmaydigan joylarda saqlang, chunki o'rama materiallari ular
uchun xavfli bo'lishi mumkin.
- Agar bola paketni boshiga qo'ysa, bu uning bo'g'ilib qolishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlangan hollarda o'zingizga eng yaqin
joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Ushbu mashina ishonchli tarzda yerga ulangan bo'lishi kerak.
Ushbu mashinani gaz ta'minoti trubasi, plastik vodoprovod trubasi yoki telefon liniyasi orqali yerga ulamang.
- Bu tok urishi, yong'in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi
mumkin
- Hech qachon elektr shnurni tegishli ravishda yerga ulanmagan rozetkaga ulamang, hamda uning
mahalliy va milliy talablarga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qiling.
Ushbu mashinani isitkich yoki yonuvchan materiallar yaqiniga o'rnatmang.
Ushbu mashinani nam, yog'li yoki chang bosgan joylar, to'g'ridan-to'g'ri quyosh yoki suv (masalan, yomg'ir
tomchilari) ta'siri ostidagi joylarga o'rnatmang.
Ushbu mashinani past haroratli joyga o'rnatmang
- Muzlash oqibatida quvurlar yorilishi mumkin
OGOHLANTIRISH
Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim2:5
Aegis Flat-DC68-03327J-01_UZ.indd Bo‘lim2:5
2015-12-24
1:33:39
2015-12-24
1:33:39