![background image](/i/samsung/144964/samsung-ww60h2200ewdlp-eco-bubble/h/samsung-ww60h2200ewdlp-eco-bubble-124.png)
O'zbekcha
-
4
Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko'rsatmalarni o'qib chiqing.
Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar
mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing
va undan foydalanganda xavfsizlik choralariga amal qiling.
Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni
yoki uning ichida o'ynashiga yo'l qo'ymang. Kir
yuvish mashinasi eshigini ichkaridan ochish juda qiyin
va agar bolalar mashina ichida tiqilib qolsalar, jiddiy
jarohatlanishlari mumkin.
Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga
xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu
qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan ko'rsatmalar
berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy
qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli
bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari
mumkin emas.
Bolalar jihoz bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib
turishingiz kerak.
Yevropada foydalanish uchun:
Moslamadan yoshi
8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy
qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki
ko'rsatma berilgan taqdirda va uning xavfi ni tushingan
holda foydalanishi mumkin. Bolalar ushbu qurilma bilan
o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish
bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi
kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa,
xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning
xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak.
OGOHLANTIRISH
xavfsizlik to'g'risida ma'lumotlar
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec2:4
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec2:4
2014-07-14
4:26:41
2014-07-14
4:26:41