![background image](/i/samsung/144964/samsung-ww60h2200ewdlp-eco-bubble/h/samsung-ww60h2200ewdlp-eco-bubble-126.png)
O'zbekcha
-
6
O'RNATISHDAGI JIDDIY OGOHLANTIRISH BELGILARI
Ushbu qurilmani o'rnatish malakali texnik yoki xizmat ko'rsatuvchi kompaniya tomonidan amalga
oshirilishi kerak.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, portlash, mahsulotning ishlashi
bilan bog'liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Ushbu mashina og'ir, shuning uchun uni ko'targanda ehtiyot bo'ling
Elektr tarmog'iga ulash shnurini 220 V / 50 Gts / 15 A li devor rozetkasiga ulang va bu rozetkadan
faqat ushbu mashinani ulash uchun foydalaning. Bundan tashqari, uzaytirgichdan foydalanmang.
- Uchtalik yoki uzaytma simdan foydalangan holda rozetkaga boshqa qurilmalarni ulash elektr toki
urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
- Elektr tarmog'idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining qurilmaning texnik xususiyatlariga
mosligiga ishonch hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib
kelishi mumkin. Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkaga mahkam tiqing.
Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va
aloqa joylarini muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.
- Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga shnur polga qarab yoʼn altirilgan holda tiqing.
- Agar elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga teskari yoʼn alishda ketadigan tarzda tiqsangiz, shnur
ichidagi elektr simlar shikastlanishi va bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Barcha o'rama materiallarini bolalarning qo'li yetmaydigan joylarda saqlang, chunki o'rama materiallari
ular uchun xavfl i bo'lishi mumkin.
- Agar bola paketni boshiga qo'ysa, bu uning bo'g'ilib qolishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlangan hollarda o'zingizga eng yaqin
joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Bu qurilma tegishli tarzda yerga ulanishi kerak.
Ushbu qurilmani gaz quvuri, plastik vodoprovod quvuri yoki telefon liniyasi orqali yerga ulamang.
- Bu tok urishi, yong'in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolarga olib
kelishi mumkin
- Hech qachon elektr shnurni tegishli ravishda yerga ulanmagan rozetkaga ulamang, hamda uning
mahalliy va milliy talablarga muvofi q ekanligiga ishonch hosil qiling.
Qurilmani isitgich yoki tez yonuvchan materiallar yaqinida o'rnatmang.
Qurilmani nam, moyli yoki chang xonalarda, quyosh nurlari va suv (yomg'ir) to'g'ridan-to'g'ri tushuvchi
joylarda o'rnatmang.
Ushbu mashinani past haroratli joyga o'rnatmang
- Muzlash oqibatida quvurlar yorilishi mumkin
Ushbu qurilmani gaz sizib chiqishi mumkin bo'lgan joylarda o'rnatmang.
- Bu tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Elektr transformatoridan foydalanmang.
- Bu tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr manbaiga ulash kabelidan
foydalanmang.
- Bu tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
OGOHLANTIRISH
xavfsizlik to'g'risida ma'lumotlar
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec2:6
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec2:6
2014-07-14
4:26:41
2014-07-14
4:26:41