![background image](/i/samsung/144964/samsung-ww60h2200ewdlp-eco-bubble/h/samsung-ww60h2200ewdlp-eco-bubble-130.png)
O'zbekcha
-
10
Qurilmaning ustiga chiqmang yoki qurilma ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, yoqilgan shamlar,
yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qo'ymang.
- Bu tok urishi, yong'in chiqishi, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatlanishga olib kelishi
mumkin.
Qurilma sirtiga insektitsid kabi tez bug'lanuvchi materiallarni sepmang.
- Odam uchun xavfl i bo'lishi bilan bir paytda, bu tok urishi, yong'in yoki mahsulot bilan bog'liq
muammolarga olib kelishi ham mumkin.
Mashina yaqiniga elektromagnit maydon hosil qiluvchi buyumni qo'ymang.
- Bu noto'g'ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimida suv qaynoq bo'lgani sababli, suvga teginmang.
- Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.
Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus dastur mavjud bo'lmasa, suv
o'tkazmaydigan o'tirg'ichlar, bo'yralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.
- Hattoki yorlig'ida kir yuvish mashinasi belgisi ko'rsatilgan bo'lsa ham, qalin yoki qattiq to'shamalarni
yuvmang.
- Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki kiyimlarga
zarar yetkazishga olib kelishi mumkin.
* Jundan qilingan choyshablar, yomg'irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, chang'ichilarning
shimlari, uxlash uchun yostiqchalar, yo'rgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar,
mototsikllar va mashinalarni yopish uchun tentlar va hokazo.
Kir yuvish vositasi qutisi o'z joyiga qo'yilmagan holda kir yuvish mashinasini ishga tushirmang.
- Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo'ladi.
- Bu kuyishga sabab bo'lishi mumkin.
Kir yuvish vositasi qutisini ochgandan soʼn g unga qo'lingizni tiqmang.
- Kir yuvish vositasini ichkariga oluvchi qurilma qo'lingizni tutib qolishi oqibatida jarohatlanishingiz
mumkin. Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak bo'lgan narsalardan boshqa narsalarni (oyoq
kiyimlari, ovqat qoldiqlari, hayvonlar kabi) solmang.
- Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining
jarohatlanishi va o'limiga olib kelishi mumkin.
Sochto'gʼn ag'ich, pichoq, tirnoq kabi o'tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.
- Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Odatda terini parvarish qilish vositalari do'konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar
yoki los'onlar bilan ifl oslangan kiyimlarni yuvmang.
- Buning oqibatida rezina qistirmaning shakli buzilib, suv oqib chiqishi mumkin.
Nina to'gʼn ag'ichlar, soch to'gʼn ag'ichlari yoki oqartirgich kabi buyumlarni bakda uzoq vaqt qoldirmang.
- Bu bakning zanglashiga olib kelishi mumkin.
- Agar bak sirtida zanglagan joylar paydo bo'la boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash vositasini
seping va uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning. Hech qachon metall chyotkadan
foydalanmang.
Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan to'g'ridan-to'g'ri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy
tozalash vositalari bilan zararlangan kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.
- Bu moyning oksidlanishidan hosil bo'luvchi yuqori harorat tufayli o'z-o'zidan yonib ketishga yoki
birdan yonib ketishga olib kelishi mumkin.
Suvni sovitish/isitish qurilmalaridan olingan qaynoq suvdan foydalanmang.
- Bu kir yuvish mashinasi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin.
xavfsizlik to'g'risida ma'lumotlar
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec2:10
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec2:10
2014-07-14
4:26:41
2014-07-14
4:26:41