![background image](/i/samsung/144964/samsung-ww60h2200ewdlp-eco-bubble/h/samsung-ww60h2200ewdlp-eco-bubble-131.png)
O'zbekcha
-
11
01 XA
VFSIZLIKKA OID MA'L
UMO
T
Kir yuvish mashinasi uchun tabiiy qo'l yuvish sovunidan foydalanmang.
- Agar u kir yuvish mashinasining ichida qotib qolsa yoki to'plansa, bu kir yuvish mashinasining
nosozligi, ranglarning o'chishi, zanglar yoki noxush hidlarning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Choyshab singari yirik buyumlarni kir yuvish to'riga joylashtirgan holda yuvmang.
- Paypoq va ko'krakpechlarni yuvish to'riga joylashtiring va ularni boshqa yuviladigan kirlar bilan
birgalikda yuving.
- Bu talabga amal qilmaslik kuchli tebranishlar tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang.
- Agar ular kir yuvish mashinasi ichida to'planib qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi
mumkin.
Tag qismida sovitish tirqishlari bo'lgan kir yuvish mashinalarini o'rnatganda tirqishlarning gilam yoki
boshqa buyumlar bilan to'silib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Yuvilishi kerak bo'lgan barcha kiyimlarning choʼn taklari bo'sh ekanligiga ishonch hosil qiling.
- Tanga,
to'gʼn ag'ich, mix, vint yoki tosh singari qattiq, o'tkir buyumlar kir yuvish mashinasiga jiddiy
shikast yetkazishi mumkin.
Katta to'qalari, tugmalari yoki boshqa og'ir metall buyumlari mavjud bo'lgan kiyimlarni yuvmang.
TOZALASHDAGI JIDDIY OGOHLANTIRISH BELGILARI
Qurilmaga to'g'ridan-to'g'ri suv sepish yo'li bilan uni tozalamang.
Kuchli kislotaviy tozalash vositasidan foydalanmang.
Qurilmani tozalash uchun benzol, suyultirgich yoki spirtdan foydalanmang.
- Bu ranglarning o'chishi, shakli buzilishi, shikast, tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini tozalash yoki unga texnik xizmat ko'rsatishdan avval uni devordagi rozetkadan
uzing.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
WEEE BELGISIGA OID KO'RSATMA
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Ushbu nishonning mavjudligi ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan,
zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa
maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Nazoratsiz tarzda chiqitga
chiqarish tufayli atrof-muhit yoki odamlarning salomatliklariga zarar yetkazishning oldini olish uchun ushbu
mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarini boshqa chiqindilardan ajrating va ularni mas'uliyatli
ravishda chiqitga chiqaring - bundan maqsad material resurslardan muntazam qayta foydalanish tajribasini
keng tarqatishdir.
Uyda foydalanuvchilar tabiatni asrash me'yorlariga muvofi q mahsulotlarni chiqitga chiqarish joyi va usuli
to'g'risida ma'lumot olish uchun sotuvchi yoki tegishli davlat tashkilotlari bilan bog'lanishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanib, xarid
shartnomasining shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarini
tashlab yuboriladigan boshqa ishlab chiqarish chiqindilari bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec2:11
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec2:11
2014-07-14
4:26:42
2014-07-14
4:26:42