![background image](/i/samsung/144964/samsung-ww60h2200ewdlp-eco-bubble/h/samsung-ww60h2200ewdlp-eco-bubble-134.png)
O'zbekcha
-
14
Oqava
Samsung 18 in (46 sm) balandlikdagi vertikal quvurni tavsiya etadi. Oqava shlangi qisqich orqali vertika
quvur tomonga yoʼn altirilishi kerak. Suv chiqarish trubasi suv quyish shlangining tashqi diametriga mos
kelishi uchun yetarli darajadagi katta diametrga ega bo'lishi kerak. Suv quyish shlangi zavodda biriktiriladi.
Pol qoplamasi
Kir yuvish mashinasi samarali ishlashi uchun u yaxlit polga o'rnatilishi kerak. Tebranishlarni va/yoki
muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog'och pollarni mustahkamlash talab qilinishi
mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishlarning vujudga kelishiga ko'maklashadi, bunda siqish
rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishga moyilligi kuzatiladi.
Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg'un sirtlarga o'rnatmang.
Atrof-muhit harorati
Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang, chunki suv mashinasining
klapanlari, nasoslari va/yoki shlanglarida doimo ma'lum miqdorda suv qoladi. Quvurlardagi muzlagan suv
tasmalar, nasos va boshqa qismlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Tokcha yoki shkafga o'rnatish
Kir yuvish mashinasi xavfsiz tarzda va to'g'ri ishlashi uchun uni o'rnatishda quyidagi eng kam darajadagi
zazorlar qoldirishga amal qilish kerak:
Yon tomonlar bo'yicha
25 mm
Tepasi
25 mm
Orqadan *
50 mm
Old taraf
500 mm
Agar kir yuvish mashinasi va quritgich birgalikda o'rnatilgan bo'lsa, tokcha yoki shkafning old tomonida havo
almashishi uchun uzunligi kamida 500 mm bo'lgan bo'sh joy qoldirilishi kerak. Kir yuvish mashinasi alohida
o'rnatilgan hollarda havo almashishi talab qilinmaydi.
KIR YUVISH MASHINASINI O'RNATISH
1-BOSQICH
Joylashuvni tanlash
Kir yuvish mashinasini o'rnatishdan avval o'rnatiladigan joyning quyidagi talablarga javob berishiga
ishonch hosil qiling:
• Gilam qoplama yoki havo almashishiga to'sqinlik qilishi mumkin qoplamaga ega bo'lmagan qattiq,
tekis sirtning mavjudligi
• To'g'ridan-to'g'ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalanganligi
• Yetarli darajadagi havo almashishiga egaligi
• Muzlamaydigan joyligi (32 ˚F yoki 0 ˚C dan past)
• Moyli yoki gaz isitgichlar kabi issiqlik manbalaridan uzoqda joylashganligi
• Elektr manbaiga ulash kabeli kir yuvish mashinasining tagidan o'tmasligi uchun yetarli darajadagi
joyning mavjudligi
kir yuvish mashinasini o'rnatish
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec4:14
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec4:14
2014-07-14
4:26:42
2014-07-14
4:26:42