5
O'ZBEKCHA
(c)
Nosoz pech ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan mikroto'lqinli
buyumlar bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan ta'mirlanmaguncha
undan FOYDALANMANG. Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar
shikastlanmagani juda muhim:
(1) Eshikcha (qiyshaymagan)
(2) Eshikcha halqalari (singan yoki bo'shashgan)
(3) Eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar
(d) Pechni sozlash yoki ta'mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan
o'tgan mikroto'lqinli pechlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha malakali mutaxassis
tomonidan bajarilishi kerak.
Ushbu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihozi hisoblanadi. 2-guruh materiallarni qayta
ishlash uchun elektromagnit nurlanish ko'rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar hosil qiluvchi
va shunday quvvatlardan foydalanuvchi ISM qurilmalar, EDM va yoyli payvandlash uchun
jihozlarni o'z ichiga oladi.
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-joylar maqsadlarida foydalaniluvchi binolarni
ta'minlovchi past kuchlanishga ega bo'lgan tarmoqqa to'g'ridan-to'g'ri ulangan binolarda
foydalanish uchun mo'ljallangan.
Agar moslamaning buzilishi va/yoki aksessuarning buzilishi yoki talafoti mijoz tomonidan
qilingan bo'lsa, Samsung aksessuarni almashtirish yoki kosmetik defektni tuzatish uchun
tuzatish to'lovini undirishi mumkin. Ushbu talablar qoplaydigan elementlarga quyidagilar kiradi:
(a) Ezilgan, tirnalgan yoki buzilgan eshik, ruchka, old panel yoki boshqaruv paneli.
(b) Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
Ushbu xavfsizlik ko'rsatmalariga xar doim amal qilinishiga ishonch hosil qiling.
OGOHLANTIRISH
Mikroto'lqinli pechni har qanday o'zgartirish yoki ta'mirlash ishlari
faqat malakali mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.
Suyuqliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini germetik yopilgan
konteynerlarda mikroto'lqin funksiyasida isitmang.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv oqimi
yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan tozalamang.
Qurilmani issiqlik manbalari, tez yonuvchan materiallarga yaqin joylar,
namlik, yog'li yoki changlanganlik darajasi yuqori bo'lgan xonalar,
to'g'ridan-to'g'ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv ta'siri ostidagi
joylar hamda maishiy gaz chiqib ketishi mumkin bo'lgan joylar va
notekis sirtlarga o'rnatmang.
Qurilmani mahalliy va davlat talablariga muvofiq yerga to'g'ri ulash
kerak.
Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr
manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylarini muntazam
ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning ustiga
og'ir buyumlarni qo'ymang.
Gaz (propan, siqilgan gaz va boshqalar kabi) chiqish holatlari yuz
berganda darxol xonani shamollating va elektr manbaiga ulash
kabeliga tegmang.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho'l qo'llaringiz bilan tegmang.
Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini
rozetkadan uzmang.
Qurilmaga barmoqlaringiz va begon buyumlarni qo'ymang. Agar
qurilma ichiga suv yoki boshqa begona modda kirib qolgan bo'lsa,
elektr manbaiga ulash kabelini uzing va o'zingizga eng yaqin
joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilmaga ortiqcha jismoniy bosim ko'rsatmang yoki urmang.
Pechni sinuvchan buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki shisha
buyumlar ustiga qo'ymang. (Faqat pechtaxtaning sara modeli.)
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt, bug'tozalagich
yoki yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Elektr tarmog'idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining
qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkaga mahkam tiqing.
Bir nechta vilkalarga ega bo'lgan perexodnik, uzaytirgich yoki
transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang, uni
buyumlar orasiga qo'ymang va pechning orqasi orqali o'tkazmang.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr
manbaiga ulash kabelidan foydalanmang. Vilka yoki elektr manbaiga
ulash kabeli shikastlangan hollarda o'zingizga eng yaqin joylashgan
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Ushbu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish pulti
yordamida ishlatish uchun mo'ljallanmagan.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pechga, uning ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni
qo'ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni
sepmang.
FW77SSTR_BWT_DE68-04135B-02_UZ.indd 5
2014-02-21 �� 7:05:27