14
O'ZBEKCHA
AVTOMATIK TARZDA QAYTA ISITISH SOZLAMALARI
Quyida keltirilgan jadvalda "Avtomatik tarzda qayta isitish" rejimining turli
dasturlari, mahsulot hajmi, ushlab turish vaqti va tegishli tavsiyalar keltirilgan.
Kod/Taom
Porsiya
Kutish vaqti
1. Tayyor taom
(sovutilgan)
300-350 g
400-450 g
3 daq.
Ko'rsatmalar
Taomni keramik patnisga joylashtiring va ustini oziq-
ovqat plyonkasi bilan yoping. Ushbu dastur tarkibi 3 ta
komponentdan iborat taomlar uchun tavsiya etiladi (masalan,
qaylali go'sht; kartoshka, guruch yoki makarondan iborat
garnirli sabzavotlar).
2. Tayyor taom
(muzlatilgan)
300-350 g
400-450 g
4 daq.
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan tayyor taomni olib, u mikroto'lqinli pechga yaroqli
ekanligini tekshiring. Tayyor taomning plyonkasini sanchib
teshing. Muzlatilgan tayyor taomni aylanuvchi patnisning
o'rtasiga qo'ying.
Ushbu dastur tarkibi 3 ta komponentdan iborat muzlatilgan
tayyor taomlar uchun tavsiya etiladi (masalan, qaylali
go'sht; kartoshka, guruch yoki makarondan iborat garnirli
sabzavotlar).
3. Ichimliklar
qahva, sut, choy,
suv
(Xona
haroratidagi)
150 ml (1 piyola)
250 ml (1 stakan)
1-2 daq.
Ko'rsatmalar
Keramik piyola (150 ml) yoki krujka (250 ml) ichiga quyib,
aylanuvchi patnisning o'rtasiga qo'ying. Berkitmagan holda
isiting. Kutish vaqtidan avval va keyin sho'rvani aralashtiring.
Piyolalarni olishda ehtiyot bo'ling (suyuqliklar uchun
ko'rsatmalarga qarang).
AVTOMATIK TARZDA MUZDAN TUSHIRISH FUNKSIYASIDAN FOYDALANISH
Tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish funksiyasi go'sht, parranda go'shti yoki
baliqni muzdan tushirishga imkon beradi. Muzdan tushirish vaqti va quvvat darajasi avtomatik
ravishda o'rnatiladi. Dastur va mahsulotlar og'irligini tanlashning o'zi yetarli.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan idishlardan foydalaning.
Avval muzlatilgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.
1. Быстрая разморозка (Avtomatik tarzda muzdan tushirish)
( ) tugmasini bosing.
2.
( ) va ( ) tugmachasini bosish orqali taom og'irligini tanlang.
Ruxsat berilgan eng ko’p og’irlik – 1500 g.
3.
( ) tugmasini bosing.
Natija:
• Mahsulotlarning muzdan tushishi boshlanadi.
• Muzdan tushirish vaqtida pech mahsulotlarni
ag'darish kerakligini eslatgan holda tovushli signallar beradi.
• (
) tugmasini yana bosib, muzdan tushirish jarayonini tugating.
Mahsulotlarni qo'l rejimida ham muzdan tushirish mumkin. Buning uchun quvvat darajasi
180 Vt bo'lgan mikroto'lqinlar rejimida taom tayyorlash/isitish funksiyasini tanlang. Batafsil
ma'lumotlar uchun 12-sahifadagi "Taom tayyorlash/Isitish" bo'limiga qarang.
AVTOMATIK TARZDA MUZDAN TUSHIRISH PARAMETRLARI
Quyida ko'rsatilgan jadvalda muzdan tushirish dasturi, mahsulot hajmlari, ushlab turish vaqti
va tegishli tavsiyalar keltirilgan. Muzdan tushirishdan avval har qanday o'rama materiallarni olib
tashlash kerak. Go'sht, parranda go'shti va baliqni tekis keramik idishga qo'ying.
Taom
Porsiya
(g)
Ushlab
turish vaqti
(daq.)
Ko'rsatmalar
Go'sht
200-1500
15-60
Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping. Pech tovushli
signal berganida taom parchalarini to'ntaring. Bu dastur
go'sht parchalari, maydalangan yoki qiyma go'sht,
parranda go'shti parchalari, butun parranda tanasi kabi
go'sht yoki baliq lahmlari uchun to'g'ri keladi.
Parranda
go'shti
Baliq
FW77SSTR_BWT_DE68-04135B-02_UZ.indd 14
2014-02-21 �� 7:05:36