Инструкция для SAMSUNG FW77SSTR

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

7

O'ZBEKCHA

Qurilma ishlayotgan vaqtda tegish mumkin bo'lgan yuzalarning harorati 

baland bo'lishi mumkin.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar qizib ketishi 

mumkin.

 

DIQQAT

Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan 

foydalaning; Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki 

kumush qoplangan oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar 

kabilardan FOYDALANMANG.

O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan oling.

Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning 

shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda yonib ketish 

xavfi mavjudligi tufayli ehtiyot bo'ling;
Qog'oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto'lqinli pechdan 

foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi 

yoki buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Tutun payqagan hollarda qurilmani o'chiring yoki elektr 

tarmog'iga ulash kabelini rozetkadan sug'uring va har qanday 

alangani o'chirish uchun eshikchani ochib qo'ying;
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday taom 

qoldiqlarini olib tashlash lozim;
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasini suvga botirilishiga 

yo'l qo'ymang va kabelni issiqlik manbalaridan uzoqroq 

joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda 

isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan 

keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin; 

Shuningdek, germetik yopilgan butilka, banka, konteynerlar, 

butun yong'oq, pomidor kabilarni isitish mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib 

qo'ymang. Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo 

ta'sirida yonib ketishlari mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi 

va avtomatik o'chib qolishi mumkin va u yetarli darajada 

sovuginicha o'chiq holda qoladi.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan 

olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning.
Pech sovutilmaguncha isitish elementlarini yoki pechning ichki 

devoriga tegmang.

Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring, va kuchli 

qaynashning oldini olish uchun pech o'chganidan keyin kamida 

20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning 

oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo'l masofasida turish 

kerak.
Bo'sh mikroto'lqinli pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta'minlash 

maqsadida mikroto'lqinli pech 30 daqiqadan keyin 

avtomatik ravishda o'chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda 

mikroto'lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suvni 

joylashtirish tavsiya qilinadi.
Mikroto'lqinli pechning shishali eshikchasini tozalash 

uchun abraziv materiallar yoki o'tkir metall qirg'ichlardan 

foydalanmang, chunki ular shisha yuzasini tirnab qo'yishlari, bu 

esa oynada darzlar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu qo'llanmada ko'rsatilgan zazorlarga asoslangan holda 

pechni or'nating. ("Mikroto'lqinli pechni o'rnatish" bo'limiga 

qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga 

ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.

USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH 

(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu 

mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash 

qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan 

keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini 

ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-

muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning 

oldini olish uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning 

boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran 

foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun 

ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar 

olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy 

hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan 

bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. 

Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij 

oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.

FW77SSTR_BWT_DE68-04135B-02_UZ.indd   7

2014-02-21   �� 7:05:30

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88