18
O'ZBEKCHA
TOVISHLI SIGNALNI O'CHIRIB QO'YISH
Siz istalgan vaqtda tovushli signalni o'chirib qo'yishingiz mumkin.
1.
Bir vaqtning o'zida ( va ( ) tugmachalarini bosing.
Natija:
• Displeyda quyidagi ko'rsatkich namoyish qilinadi.
• Pech bundan buyon har safar tugmachalar bosilganda tovushli signal
bermaydi.
2.
Ovozli signalni qaytadan qo'shib qo'yish uchun bir
vaqtning o'zida ( ) va ( ) tugmachalarini bosing.
Natija:
• Displeyda quyidagi ko'rsatkich namoyish qilinadi.
• Pech yana tovushli signal bera boshlaydi.
MIKROTO'LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA
BLOKIROVKA QILISH
Usbu mikroto'lqinli pechda ichki o'rnatilgan Bola xavfsizligi dasturi mavjud, u
bola yoki pechdan foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib
qo'ymasligi uchun pechdan foydalanishni "blokirovka" qilishga imkon beradi.
Pechdan blokirovkani istalgan vaqtda olib tashlash mumkin.
1.
Bir vaqtning o'zida ( ) va ( ) tugmachalarini bosing.
Natija:
• Pech blokirovka qilinadi (funksiyalarni tanlab
bo'lmaydi).
• Displeyda "L" namoyish qilinadi.
2.
Pechni blokirovkadan chiqarish uchun bir vaqtning
o'zida ( ) va ( ) tugmachalarini bosing.
Natija:
Pechdan odatdagidek foydalanish mumkin.
IDISHLARNI TANLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
Mikroto'lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto'lqinlar taom ichiga kirishlari va
foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak. Shuning uchun idishlarni
tanlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Agar idishda mikroto'lqinli pechlarda foydalanish mumkinligi
ko'rsatib qo'yilgan bo'lsa, undan foydalanish mumkin. Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari
keltirilgan va ularning mikroto'lqinli pechda foydalanish mumkinligi va qay tarzda foydalanilishi kerakligi
ko'rsatilgan.
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli
pechda
foydalanish
uchun xavfsiz
Izohlar
Alyuminiy folga
✓ ✗
Taomning ba'zi joylarini kuyib ketishdan himoya
qilish uchun oz miqdorda ishlatilishi mumkin. Agar
folga pech devoriga juda yaqin joylashgan bo'lsa
yoki folga juda ko'p miqdorda ishlatilayotgan bo'lsa,
elektr yoyi hosil bo'lishi mumkin.
Qizartiruvchi idish
✓
Oldindan 8 daqiqadan ko'p qizdirmang.
Chinni va sopol buyumlar
✓
Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan
keramika va Xitoy chinnisi, agar ularda metall bezak
bo'lmasa, mos keladi.
Bir martalik plastik
tog'orachalar
✓
Ba'zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday
tog'orachalarga solinib o'raladi.
Tez tayyorlanadigan
mahsulotlar o'rami
• Polistirol stakanchalar va
konteynerlar
✓
Taomni isitish uchun foydalanish mumkin.
Polistirolning qizib ketishi erishga olib kelishi mumkin.
• Qog'oz paketlar yoki
gazetalar
✗
Yonib ketishi mumkin.
• Ikkilamchi xom-ashyodan
tayyorlangan qog'oz yoki
metall bezak
✗
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Shisha idish
• Toblangan shishadan
tayyorlangan idish
✓
Metall bezagi bo'lmasa, ishlatish mumkin.
• Yupqa shisha idish
✓
Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish
mumkin. Yupqa shisha keskin qizgan paytda sinishi
yoki yorilishi mumkin.
FW77SSTR_BWT_DE68-04135B-02_UZ.indd 18
2014-02-21 �� 7:05:40