![background image](/i/samsung/114844/samsung-nv75k5571rs/h/samsung-nv75k5571rs-147.png)
O'zbek 3
Ushbu qo
‘llanmadan f
o
y
dalanish
Ushbu qo‘llanmadan foydalanish
SAMSUNG ichki qurilgan pechini tanlaganingiz uchun rahmat.
Bu qo'llanmada xavfsizlik bo'yicha muhim ma'lumotlar va qurilmangizdan foydalanish,
unga texnik xizmat ko'rsatishda yordam berish uchun mo'ljallangan ko'rsatmalar
mavjud.
Iltimos, pechdan foydalanishdan avval ushbu Foydalanuvchi qo'llanmasini o'qib chiqing
va undan kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.
Bu foydalanuvchi qo‘llanmasida quyidagi belgilar ishlatilgan:
OGOHLANTIRISH
Jiddiy jarohat olish, o‘lim va/yoki mulkka shikast yetishiga
olib kelishi mumkin bo‘lgan
xatar va ehtiyotsizliklar.
DIQQAT
Jarohat olish va/yoki mulkka shikast yetishiga
olib kelishi mumkin bo‘lgan xatar va
ehtiyotsizliklar.
IZOH
Mahsulotni ishlatishga oid foydali maslahatlar, tavsiyalar yoki ma’lumotlar.
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Bu pechni o'rnatish faqat litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan bajarilishi kerak.
O'rnatuvchi ushbu qurilmani asosiy elektr tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha tegishli
tavsiyalarga amal qilgan holda ulash uchun javobgardir.
Xavfsizlikka oid muhim ehtiyot choralari
OGOHLANTIRISH
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan
yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan
bolalar) foydalanishlari mumkin emas. Ularning xavfsizligi uchun
javobgar shaxs tomonidan bu qurilmadan foydalanish to'g'risida
ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan hollar bundan
mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz
kerak.
Agar elektr kabeli nuqsonli bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki ishlab
chiqaruvchi, yoki xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli agentdan
xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga ulanish to'plamiga
almashtirish zarur. (Faqat mahkamlanuvchi simli turdagi model)
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarning
oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish
agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
(Faqat elektr tarmog'iga ulash shnuri turidagi model)
Ushub moslama o'rnatilgandan so'ng elektr manbaidan ajratilishga
ruxsat berilishi kerak. Vilkaga qo‘l yetkizish mumkin bo‘lgan yoki
ulash qoidalariga asoslangan holda statsionar prokladkadagi
elektr zanjirini uzgichni qo'shish orqali uzilishga erishsa bo'ladi.
NV75K5571RS_WT_DG68-00739A-00_RU+UK+KK+UZ.indb 3
2/15/2016 4:39:21 PM