![background image](/i/samsung/114844/samsung-nv75k5571rs/h/samsung-nv75k5571rs-179.png)
O'zbek 35
A
qlli pishirish
Ko‘p ishlatiladigan avtomatik retseptlar to‘plami
Kartoshkali taom
Tarkibi
800 g kartoshka, 100 ml sut, 100 ml qaymoq,
50 g ko‘pirtirilgan tuxum, 1 qoshiq tuz, qalampir, muskat yong‘og‘i,
150 g qirilgan pishloq, sariyog‘, toshcho‘p
Tayyorlash
usuli
Kartoshkani archib, 3 mm qalinlikda parraklang. Gratin idishi
yuzasiga sariyog‘ surting (22-24 sm). Boshqa masalliqlarni
tayyorlaguncha parraklarni toza sochiqqa yoyib, ustini yopib
qo‘ying.
Qolgan masalliqlarni tog‘orada yaxshilab aralashtiring, qirilgan
pishloqdan tashqari. Kartoshka parraklarini idishga yoying va
aralashmani ustidan quying. Uning ustidan qirilgan pishloqni sepib,
dimlang. Pishirgandan so‘ng tortishdan oldin ustiga birnechta
toshcho‘p bargidan qo‘ying.
Sabzavotli gratin
Tarkibi
800 g sabzavot (qovoqcha, pomidor, piyoz, sabzi, qalampir,
pishgan kartoshka), 150 ml qaymoq, 50 g ko‘pirtirilgan tuxum,
1 qoshiq tuz, ziravor (qalampir, petrushka yoki rozmarin),
150 g qirilgan pishloq, 3 qoshiq zaytun yog‘i, toshcho‘p barglari
Tayyorlash
usuli
Sabzavotlarni yuvib, 3-5 mm qalinlikda to‘g‘rang. Parraklarni gratin
idishiga yoyib (22-24 sm), ustidan yog‘ quying. Pishloqdan tashqari
masalliqlarni aralashtirib, sabzavotlar ustiga quying. Uning ustidan
qirilgan pishloqni sepib, dimlang. Tortishdan oldin ustiga birnechta
toshcho‘p bargidan qo‘ying.
Lazanya
Tarkibi
2 osh qoshiq zaytun moyi, 500 g go‘sht qiymasi,
500 ml pomidor sousi, 100 ml lahm go‘sht,
150 g quritilgan lazanya bo‘lagi, 1 ta piyoz (to‘g‘ralgan),
200 g qirilgan pishloq, 1 choy qoshiqdan quritilgan petrushka,
oregano, rayhon
Tayyorlash
usuli
Go‘sht uchun pomidor sousini tayyorlang. Moyni tovada qizitib,
qiyma bilan piyozni qizartirib, 10 daqiqacha qovuring. Ustidan
pomidor sousini quyib, go‘shtni soling, quritilgan ziravorlarni
qo‘shing. Qaynatib olib, keyin 30 daqiqaga miltillatib qo‘ying.
Lazanyani o‘ramdagi yo‘riqnomasiga qarab pishiring. Lazanya
vermisheli, go‘sht sousi va pishloqni bir qatlam qilib soling, keyin
yana bir qatlam soling. Keyin ustidan qolgan pishloqni tekis seping.
NV75K5571RS_WT_DG68-00739A-00_RU+UK+KK+UZ.indb 35
2/15/2016 4:39:32 PM