![background image](/i/samsung/114844/samsung-nv75k5571rs/h/samsung-nv75k5571rs-148.png)
4 O'zbek
X
avf
sizlik bo
‘yicha k
o
‘r
satmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Mahkamlash usuli yelimlovchi vositalardan foydalanishga
mo'ljallanmagan, agar vositalar ishonchli mahkamlash vositasi
hisoblansa, bundan mustasno.
Foydalanish vaqtida pech issiq bo'ladi. Pech ichidagi isitish
elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak.
Foydalanish vaqtida tegish mumkin bo'lgan qismlar issiq bo'ladi.
Yosh bolalardan uzoqroq saqlash kerak.
Agar qurilma bug‘li yoki o‘z-o‘zini tozalash funksiyasiga ega bo‘lsa,
tozalashdan avval ortiqcha to‘kilgan narsalar olib tashlanishi va
bug‘da tozalash yoki o‘z-o‘zini tozalash paytida barcha idishlar
pech ichidan olib qo‘yilishi kerak. Tozalash funksiyasining
mavjudligi modelga bog‘liq bo‘ladi.
Agar bu qurilma o'z-o'zini tozalash funksiyasiga ega bo'lsa, o'z-
o'zini tozalash vaqtida yuzalar odatdagiga qaraganda qattiqroq
qizishi mumkin va bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo'l
qo'ymaslik kerak. Tozalash funksiyasining mavjudligi modelga
bog‘liq bo‘ladi.
Faqat shu pech uchun tavsiya qilingan harorat datchigidan
foydalaning. (Faqat sixli modelda)
Bug' yordamida tozalagichdan foydalanmaslik kerak.
Lampani almashtirishdan avval elektr toki urishini oldini olish
uchun qurilmani albatta uzib qo'ying.
Pechning shishali eshikchasini tozalash uchun abraziv materiallar
yoki o'tkir metall qirg'ichlardan foydalanmang, chunki ular shisha
yuzasini tirnab qo'yishi, bu esa oynada darz paydo bo'lishiga olib
kelishi mumkin.
Qurilma va tegish mumkin bo'lgan qismlar foydalanish vaqtida
issiq bo'ladi.
Isitish elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak.
8 yoshdan kichikroq bolalalarni, agar ular doimiy nazorat ostida
bo'lmasalar, pechga yaqinlashtirmaslik lozim.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik
yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki
ko'rsatma berilgan taqdirda va uning xavfini tushungan holda
foydalanishi mumkin. Bolalar moslama bilan o'ynashi mumkin
emas. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan
nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
Qurilma ishlayotgan vaqtda tashqi yuzalarning harorati baland
bo'lishi mumkin.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar qizib ketishi
mumkin.
Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan
bolalarning qo'llari yetmaydigan tarzda saqlang.
Bu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish pulti
yordamida ishlatish uchun mo'ljallanmagan.
NV75K5571RS_WT_DG68-00739A-00_RU+UK+KK+UZ.indb 4
2/15/2016 4:39:21 PM