![background image](/i/samsung/144787/samsung-ww60h2230ewdlp-eco-bubble/h/samsung-ww60h2230ewdlp-eco-bubble-123.png)
O'zbekcha
-
3
01 XA
VFSIZLIKKA OID MA'L
UMO
T
xavfsizlik to'g'risida ma'lumotlar
Yangi Samsung kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu qo'llanmada
kir yuvish mashinangizni o'rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo'yicha
muhim ma'lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning ko'pgina afzalliklari va
imkoniyatlaridan to'liq darajada foydalanish uchun ushbu qo'llanmani o'qib chiqing.
TEXNIKA XAVFSIZLIGI KO'RSATMALARI TO'G'RISIDA MUHIM MA'LUMOTLAR
Iltimos, yangi kir yuvish mashinangizning ko'pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda boshqarishni
bilish uchun ushbu qo'llanmani diqqat bulan o'qib chiqing va uni jihoz yaqiniga saqlab qo'ying. Jihozdan faqat ushbu
qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo'ljallangan maqsadlardagina foydalaning.
Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha
holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Qurilmani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda
foydalanuvchi sog'lom fi kr bilan ish ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo'lganligi uchun kir yuvish
mashinangizning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi
belgilar ham sizning mashinangizga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa,
eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma'lumotlar oling.
MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI
Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar
quyidagi maʼn olarni bildiradi:
OGOHLANTIRISH
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik
jiddiy
jarohat olish, o'lim va/yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik
jarohat
olish va/yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin
.
DIQQAT
Mashinadan foydalanayotganda yong'in chiqishi, portlash, tok urishi yoki jarohat
olish xavfi ni kamaytirish uchun quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:
Kuch ISHLATMANG.
Qismlarga AJRATMANG.
TEGMANG.
Ko'rsatmalarga qat'iy amal qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.
Elektr toki urishini oldini olish uchun mashinaning yerga ulanganligiga ishonch
hosil qiling.
Yordam olish uchun xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Eslatma
Ushbu ogohlantiruvchi belgilar siz va boshqalarning shikastlanishining oldini olish uchun keltirilgan.
Iltimos, ularga qat'iy amal qiling.
Bu bo'limni o'qib chiqqach, keyinchalik foydalanish uchun ishonchli joyga qo'yib qo'ying.
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec2:3
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec2:3
2014-07-14
4:26:41
2014-07-14
4:26:41