![background image](/i/samsung/144787/samsung-ww60h2230ewdlp-eco-bubble/h/samsung-ww60h2230ewdlp-eco-bubble-148.png)
O'zbekcha
-
28
Yuklanish hajmini aniqlash
Kir yuvish mashinasiga ortiqcha yuklanish bermang, aks holda kirlaringiz yaxshi yuvilmay qolishi mumkin.
Yuviladigan kir turiga ko'ra yuklanish hajmini aniqlash uchun quyidagi jadvaldan foydalaning.
Mato turi
Yuklanish hajmi
ХЛОПОК (PAXTA)
6,0 kg
СИНТЕТИКА (SINTETIKA)
3.0 kg
ДЕЛИКАТНЫЕ ТКАНИ (NOZIK)
1,5 kg
ВЕРХНЯЯ ОДЕЖДА
(KO'CHA KIYIMLARI PARVARISHI)
2,0 kg
• Kirlar tekis taqsimlanmagan bo'lsa (displeyda "
UE
" yonsa), kirlarni qayta taqsimlang.
Agar kirlar bir tekis taqsimlanmasa, aylantirish samaradorligi pasayishi mumkin.
• Yuvish vaqti cho'zilib ketishi yoki aylantirish samaradorligi pasayishi mumkin.
Ko'krakpechlarni (suvda yuviladigan) to'r qoplarga (alohida sotib olinadi) joylanganligiga
ishonch hosil qiling.
• Ko'krakpechlarning metalldan yasalgan qismlari kirlarni teshib o'tishi va
shikastlashi mumkin. Shuning uchun ham ularni nozik materialdan qilingan
kir yuvish to'r qopchalariga joylash kerak.
• Paypoq, qo'lqop, chulki paypoqlari va ro'molchalar singari kichkina va yengil
kiyimlar eshikka tiqilib qolishi mumkin. Ularni nozik materialdan qilingan kir
yuvish to'r qopchalariga joylashtiring.
Kir yuvish to'r qopchasini boshqa kirlarga qo'shmagan holda alohida
yuvmang. Bu kir yuvish mashinasini siljitib yuborishi va shikastlanishiga olib
kelishi mumkin bo'lgan kuchli tebranishlarni hosil qilishi mumkin.
KIR YUVISH VOSITASI VA QO'SHIMCHALAR TO'G'RISIDA MA'LUMOT
Qanday vosita ishlatiladi
Siz foydalanishingiz kerak bo'lgan kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar,
jun), rang, yuvish harorati va kirlanish darajasiga asoslangan holda aniqlanadi. Doimo avtomat kir yuvish
mashinalari uchun mo'ljallangan "kam ko'piklovchi" kir yuvish vositasidan foydalaning.
Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga
asoslanagn holda kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Agar siz
hududingizdagi suvning qattiqlik darajasini bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti idorasidan so'rang.
Qattiqlashgan yoki qotib qolgan kir yuvish vositasidan foydalanmang, chunki kir yuvish vositasi
chayish rejimida qolib ketishi mumkin. U kir yuvish mashinasini tegishlicha chaymasligiga yoki to'silib
qolish natij asida suvning tashib ketishiga olib kelishi mumkin.
Jun rejimida quyidagilarga e'tibor bering.
• Junga mo'ljallangan neytral suyuq vositadangina foydalaning.
• Kukunsimon vosita ishlatilsa, u kiyimlarda qolib ketishi va mato (jun) ga zarar yetkazishi mumkin.
DIQQAT
kir uyumini yuvish
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec5:28
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec5:28
2014-07-14
4:26:45
2014-07-14
4:26:45