![background image](/i/samsung/144787/samsung-ww60h2230ewdlp-eco-bubble/h/samsung-ww60h2230ewdlp-eco-bubble-153.png)
O'zbekcha
-
33
04 T
O
ZALASH V
A
QARASH
SUV SHLANGIDAGI TO'RLI FILTRNI TOZALASH
To'rli fi ltrni yiliga kamida bir marta yoki "
4E
" xatolik kodi chiqqanida tozalash kerak:
1.
Kir yuvish mashinasiga suv quyish kranini yoping.
2.
Mashina orqasidan shlangni burab bo'shating. Shlangdagi havo bosimi tufayli suvning oqib ketishini
oldini olish uchun shlangni latta bilan yoping.
3.
Shlang uchida to'rli fi ltrni qisqich bilan ohista oling va suvda yaxshilab chaying. Ipli ulagichning ichi va
tashini ham tozalang.
4.
Filtrni joyiga qaytarib qo'ying.
5.
Shlangni mashinaga ulab qo'ying.
6.
Ulangan joylardan suv oqmasligiga ichonch hosil qiling va kranni yoqing.
MUZLAB QOLGAN KIR YUVISH MASHINASINI TA'MIRLASH
Agar harorat muzlash darajasidan pastga tushsa va kir yuvish mashinasi muzlab qolgan bo'lsa:
1.
Kir yuvish mashinasini tokdan uzing.
2.
Shlangni bo'shatish uchun shlang ulangan kran ustidan iliq suv quying.
3.
Suv quyish shlangini oling va uni iliq suvga botiring.
4.
Kir yuvish mashinasi barabani ichiga iliq suv quying va uni 10 daqiqaga barabanda qoldiring.
5.
Suv quyish shlangini yana vodoprovod kraniga ulang va suv quyish va chiqarish tizimlarining to'g'ri
ishlayotganligini tekshiring.
KIR YUVISH MASHINASINI SAQLASH
Agar kir yuvish mashinasini uzoq vaqt davomida saqlash zarur bo'lib qolsa, suvlarni chiqarib tashlagan va rozetkadan
uzib qo'ygan ma'qul. Agar saqlashdan avval shlanglar va ichki qismlarda suv qolib ketsa, kir yuvish mashinasi
shikastlanishi mumkin.
1.
15' БЫСТРАЯ СТИРКА (15' TEZKOR YUVISH) siklini tanlang va oqartirgich bo'lmasiga oqartirgich
soling. Kir yuvish mashinasining ichiga narsa solmasdan turib, bir sikl ishlatib yuboring.
2.
Kranlarni yopib, quyish shlanglarini ajratib oling.
3.
Kir yuvish mashinasini elektr rozetkasidan uzing va havo barabanni ichida aylana olishi uchun kir yuvish
mashinasi eshigini ochiq qoldiring.
Agar kir yuvish mashinasi 0 darajadan past haroratlarda saqlangan bo'lsa, undan foydalanishdan avval
mashina ichida qolgan barcha suvlarning erishini kuting.
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd 33
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd 33
2014-07-14
4:26:46
2014-07-14
4:26:46