![background image](/i/samsung/144787/samsung-ww60h2230ewdlp-eco-bubble/h/samsung-ww60h2230ewdlp-eco-bubble-143.png)
O'zbekcha
-
23
03 KIR UYUMINI YUVISH
SIKL TANLOVCHISIDAN FOYDALANISH
Sikl
Tavsifi va maksimal yuklanish (kg)
ХЛОПОК (PAXTA)
O'rtacha yoki yengil kirlangan paxtali buyumlar, choyshablar, dasturxonlar, ichki
kiyimlar, ko'ylaklar kabilar uchun.
Choyshablar uchun tavsiya qilingan siqish tezligi 800 ayl./daq. (2,0 kg yoki undan
kamroq yuklanish uchun).
6
СИНТЕТИКА
(SINTETIKA)
Polister (diolen, trevira), poliamid (perlon, neylon) yoki shunga o'xshash boshqa
aralashmalardan qilingan o'rtacha yoki yengil kirlangan bluzkalar, ko'ylaklar va
boshqalar uchun.
3
15' БЫСТРАЯ СТИРКА
(15' TEZKOR YUVISH)
Yengil kirlangan kiyimlar va tez yuvish talab qilinadigan 2 kgdan kam bo'lgan
buyumlar uchun. U kamida 15 daqiqa davom etadi, biroq suv bosimi, suvning
qattiqligi, suv quyish harorati, xona harorati, yuviladigan kirlarning turi/miqdori,
kirlanish darajasi, foydalaniladigan kir yuvish vositasi, muvozanatlashmagan
yuklanish, elektr ta'minotidagi sakrashlar va tanlangan qo'shimcha opsiyalarga
bog'liq holda ko'rsatilgan qiymatlardan farq qilishi mumkin.
20 grammdan kamroq kir yuvish vositasidan foydalanish kerak (2 kg
yuklanish uchun) yoki kiyimlarda kir yuvish vositasi qolishi mumkin.
2
ДЕТСКИЕ ВЕЩИ
(GO'DAK KIYIMLARI
PARVARISHI)
Yuqori haroratdagi yuvish va qo'shimcha chayish sikllari bolalarning terisiga
shikast yetkazishi mumkin bo'lgan hech qanday qoldiq qolmasligini kafolatlaydi.
3
ЕЖЕДНЕВ. СТИРКА
(KUNDALIK YUVISH)
Ichki kiyimlar va ko'ylaklar singari har kuni kiyiladigan buyumlar uchun.
3
УДАЛЕНИЕ ПЯТЕН
(DOG'NI KETKAZISH)
Dog'li kiyimlar uchun. УДАЛЕНИЕ ПЯТЕН (DOG'NI KETKAZISH) rejimi dog'larni
dastlabki qayta ishlashga ehtiyoj qoldirmagan holda dog'larni ketkazish bo'yicha
yuqori samara bilan ta'minlaydi. Dog'larni ketkazish bo'yicha eng yaxshi natij aga
erishish uchun biz bu rejimda issiq harorat opsiyasidan foydalanishni tavsiya
qilamiz, bunda keng ko'lamdagi dog'larni butunlay ketkazish uchun yuvish
harorati ichki isitgich yordamida orttiriladi.
3
ИНТЕНСИВНАЯ СТИРКА
ECO (SUPER EKO YUVISH)
Past haroratli ИНТЕНСИВНАЯ СТИРКА ECO (SUPER EKO YUVISH) sikli
quvvatlarni samarali tarzda tejashga imkon bergan holda ajoyib kir yuvish
natij alariga erishishni kafolatlaydi.
3
OUTDOOR CARE (KO'CHA
KIYIMLARI PARVARISHI)
Alpinistlar, chang'ichilarning kiyimlari va sport kiyimlari kabi suv o'tkazmaydigan
buyumlar uchun. Ushbu matolar funksional texnologiya natij alari va spandeks,
strech va mikrotolalar kabi to'lalarni o'z ichiga oladi.
2
ШЕРСТЬ (JUN)
Faqat mashinada yuvish mumkin bo'lgan jundan qilingan buyumlar uchun. Bitta
uyum 1,5 kg dan kam bo'lishi lozim.
Wool (Jundan qilingan buyumlar) rejimi kirlarni yengil tebratish harakatlari
yordamida yuvadi. Yuvish paytida jundan qilingan buyumlarni qisqarish/yirtilishdan
himoyalash va super nozik tozalikka erishish uchun yengil tebratish va ho'llantirish
harakatlari davom ettiriladi. Ho'llantirish vaqtida kir yuvish mashinasining yuvish
harakatlarining to'xtatishi/boshlashi noto'g'ri ishlash hisoblanmaydi.
Yuvish natij alarini va jun tolalariga qarovni yaxshilash uchun Jundan qilingan
buyumlar siklida mo'tadil kir yuvish vositasidan foydalanish tavsiya qilinadi.
1.5
ДЕЛИКАТНЫЕ ТКАНИ
(NOZIK)
Shaff of matolar, ko'krakpechlar, ichki kiyimlar (ipakdan qilingan) va boshqa qo'lda
yuviladigan matolar uchun. Eng yaxshi natij aga erishish uchun suyuq kir yuvish
vositasidan foydalaning.
1.5
ОТЖИМ (SIQISH)
Ko'proq suvni chiqarib tashlash uchun qo'shimcha siqish siklini bajaradi.
-
ПОЛОСКАНИЕ+ОТЖИМ
(CHAYISH+SIQISH)
Faqat chayilishi kerak bo'lgan yuklanish yoki chayishda qo'shiladigan mato
yumshatgichini qo'shish uchun.
-
DIQQAT
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec5:23
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec5:23
2014-07-14
4:26:44
2014-07-14
4:26:44