![background image](/i/samsung/144787/samsung-ww60h2230ewdlp-eco-bubble/h/samsung-ww60h2230ewdlp-eco-bubble-133.png)
O'zbekcha
-
13
02 SO
ZLASH
O'RNATISH TALABLARIGA JAVOB BERISH
Elektr ta'minoti va yerga ulash
Yong'in, tok urishi yoki jarohatning oldini olish uchun, simlarni ulash va yer bilan tutashtirish ishlari National
Electrical Code ANSI/FNPA, No. 70 Latest Revision yoki mahalliy qoida va yo'riqnomalarga asosan
bajarilishi kerak. Bu jihozni tegishlicha elektr xizmatlari bilan ta'minlashga uning egasi shaxsan mas'uldir.
Uzaytirgichdan foydalanmang.
Faqat kir yuvish mashinasi bilan berilgan elektr manbaiga ulash shnuridan foydalaning.
O'rnatishga tayyorlashda quvvat manbaining quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling:
•
220-240 V / 50 Gts saqlagich yoki avtomat o'chirgich
•
Mashinangiz uchun alohida tok taqsimlagich
Kir yuvish mashinasi yerga ulangan bo'lishi kerak. Kir yuvish mashinasi to'g'ri ishlamagan yoki ishdan
chiqqan hollarda yerga ulash elektr toki uchun eng kam qarshilikli yo'l bilan ta'minlagan holda elektr toki
urishi xavfi ni kamaytiradi.
Kir yuvish mashinasi yerga ulangan rozetkada foydalanish uchun mo'ljallangan yerga ulash kabeliga ega
bo'lgan uch shtirli elektr manbaiga ulash kabeli bilan birga beriladi.
Yerga ulash simini hech qachon plastik vodoprovod, gaz liniyalari yoki issiq suv quvuriga ulamang.
Yerga ulash simining noto'g'ri ulanishi tok urishiga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini yerga ulashning to'g'ri bajarilganligiga ishonchingiz komil bo'lmasa, maslahat olish
uchun malakali elektrik yoki texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha mutaxassisga murojaat qiling. Kir yuvish
mashinasi bilan birga berilgan elektr manbaiga ulash vilkasini o'zgartirmang. Agar vilka rozetkaga mos
kelmasa, tegishli rozetkani o'rnatish uchun malakali elektrikka murojaat qiling.
Suv quyish
Suv bosimi 50 ~ 800 kPa bo'lganida kir yuvish mashinasi tegishlicha to'ladi. Suv bosimi 50 kPadan past
bo'lganda, suv klapanining ishida uzilishlar yuz berishi mumkin va ushbu klapan to'liq yopilmasligi mumkin.
Yoki buning natij asida mashinani to'ldirishga ruxsat berilganidan ko'proq vaqt ketishi tufayli mashina o'chib
qolishi mumkin. (Boshqaruv tizimida to'ldirish vaqti cheklangan, bu ichki shlang bo'shab qolgan taqdirda
ortiqcha suv quyilishi yoki suvning toshib ketishini oldini olishga imkon beradi.)
Suv quyish shlanglari kir yuvish mashinasini vodoprovodga ulash uchun yetarli bo'lishi uchun vodoprovod
kranlari kir yuvish mashinasining orqa devoridan 4 fut (122 sm) dan ko'p bo'lmagan masofada joylashgan
bo'lishi kerak.
Ko'pchilik santexnika do'konlarida uzunligi 10 fut (305 sm) gacha bo'lgan turli uzunliklardagi shlanglar
sotiladi.
Quyidagilarni bajarish orqali siz suvning oqib ketishi va bu orqali yetkaziladigan zararlarning vujudga
kelish xavfi ni kamaytirishingiz mumkin:
• Suv kranlaridan osongina foydalanishni ta'minlash.
• Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranlarni yopib qo'yish.
• Suv quyish shlangi ulamalaridan suv sizmayotganligini muntaza tekshirib turish.
Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan avval shlanglarning suv klapani va vodoprovod
kranlariga ulanadigan joylaridan suv sizmayotganligini tekshiring.
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec4:13
WW2000HR-03453A-01_UZ(CIS).indd Sec4:13
2014-07-14
4:26:42
2014-07-14
4:26:42