Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
37
UZB
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
7.5.4
Tayyor taomlarni (oshpazlik ishlovidan o‘tgan oziq-ovq-
atlar) eritmasdan isitish tavsiya etiladi.
8 S O V U TG I C H I S H I DAG I O ‘ Z I G A XO S L I K L A R
8.1
Agar MKning yoki SKning endigina yopilgan eshigi ochilm-
ayotgan bo‘lsa, kamera ichidagi bosim tashqaridagisi bilan barobar
bo‘lguncha 1 daqiqadan 3 daqiqagacha kutish va eshikni ochish
lozim bo‘ladi.
8.2
Sovutgich ishida g‘uvillashlar sodir bo‘ladi va ular finksional
xususiyatga ega bo‘lib, qandaydir nuqson bilan bog‘liq emas.
Haroratni belgilangan darajada ushlab turish uchun sovutgichda
vaqti-vaqti bilan kompressor yoqiladi va o‘chadi. Bu vaqtda paydo
bo‘ladigan g‘uvillashlar — odatiy xol. Sovutgichda ishchi harorat
o‘rnatilishi bilan ular avtomat ravishda pasayadi.
Sovutgichlarning ba’zi rusumlarida kompressor yoqilishi (o‘chir-
ilishi) vaqtida chiqillash eshitilishi mumkin — bu harorat rele-datchigi
ishga tushishidir.
Jildirash tovushlari xladagentning sovutish tizimi naylari bo‘ylab
aylanishiga jo‘r bo‘ladi, ehtimoliy chirsillashlar esa materiallarning
haroratli kengayishlari bilan bog‘liq.
Sezilarli guvillash No Frost tizimli sovutgich ventilyatori faoliyati
bilan bo’g’liq.
8.3
Sovutgichdan foydalanish jarayonida qo‘shimcha tovushlar
manbalari paydo bo‘lishi mumkin.
G‘uvillashning kuchayishi butlovchi buyumlarni (shisha tokch-
alarni, idishlarni va h.k.) noto‘g‘ri o‘rnatish yoki sovutgichda joyla-
shtirilib, oziq-ovqatlar solingan idishlarning bir-biriga tegib qolishi
natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Bu xolda, butlovchi buyumlarni
qayta o‘rnatish yoki idishlarning bir-biriga tegishi bartaraf etish orqali
g‘uvillashni kamaytirish mumkin.
Sovutgichning tarkibiy qismlari (kondensator, naychalar, simlar,
erigan suvni tushirish tizimi qismlari), tashilganidan so‘ng (ko‘chiri-
lganda yoki tozalanganidan keyin noto‘g‘ri o‘rnatilganda) bir-biriga
tegib qolsa ham g‘uvillash manbalariga aylanishi mumkin. Sovutgich
qismlari joylashuvini sozlab yoki ularni to‘g‘ri o‘rnatib, sovutgich
ishidagi qo‘shimcha shovqinni bartaraf etish mumkin.
8.4
Kondensat paydo bo‘lishining oldini olish uchun sovutgich
shkafi MK eshigi perimetri bo‘ylab yoki MXM-2808-XX, MXM-
2819-XX, MXM-2826-XX, MXM-2835-XX (ilovasiga qarang)
rusumlaridagi ko‘ndalang to‘sin hududi qiziydi.
Qizish harorati atrof-muhit haroratiga, MKda saqlanayotgan
oziq-ovqatlar miqdoriga, shuningdek kondensatorning ifloslanish
darajasiga bog‘liq. Sovutgich ishi jarayonida qizish haroratining o‘sishi
nosozlikdan darak bermaydi.
DIQQAT! Bir yilda kamida ikki marta sovutgichni tozalash
vaqtida 9 rasmiga muvofiq chang yutgich bilan sovutgichning
butun orqa devorini va kondensatorlarni, avval sovutgichni
elektr tarmog‘idan uzib va devordan surib, tozalab turish lozim.
Kondensatorda chang paydo bo‘lishi elektr quvvati sarfining
o‘sishiga olib keladi.
8.5
Elektr tarmog’ida kuchlanishni pasayishida sovutgich kuchl-
anishni tiklab olgandan so’ng ozgina kechikish bilan ishga tushadi.
8.6
Sovutgichda kirishuvchi penopoliuretan issiqlik izolatsiyasi
materialidan foydalaniladi. Penopoliuretanning kirishishi natijasida
sovutgichning sathida paydo bo‘ladigan mayda notekisliklar sovutgi-
ch ishiga ta’sir qilmaydi va issiqlik izolatsiyasini yomonlashtirmaydi.
9 S AQ L A S H VA TA S H I S H Q O I DA L A R I
9.1
Upakovka qilingan sovutgich 80%dan yuqori bo‘lmagan
nisbiy namlikda tabiiy havo almashish imkoniyati mavjud yopiq
xonalarda saqlanishi lozim.
9.2
Agar sovutgichdan uzoq vaqt foydalanilmasa, uni elektr ta-
rmog‘idan uzish, barcha oziq-ovqatlarni chiqarish, MKni eritish, ka-
meralarni tozalash kerak bo‘ladi. Tozalanganidan so‘ng kameralarda
yoqimsiz hid paydo bo‘masligi uchun eshik qiya ochiq qoldiriladi.
9.3
Sovutgichni ishchi holatda (tikkasiga), yopiq transportning
istalgan turida, transport vositasining ichida har qanday urilish,
ko‘chish va yiqilishlar oldini olish uchun uni astoydil mahkamlab
tashish lozim.
9.4
Ortish-tushirish ishlarida sovutgichni urilish yuklamalariga
duchor qilish
TA’QIQLANADI
.
DIQQAT! Sindirib qo‘ymaslik uchun sovutgichni niqobi,
eshigi, eshik tutqichi va dekorativ qalqonchasidan (agar bo‘lsa)
ushlab tashimang.
1 0 E H T I M O L I Y N O S O Z L I K L A R VA U L A R N I
B A R TA R A F E T I S H U S U L L A R I
10.1
Iste’molchi tomonidan bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan
nosozliklar 3-jadvalda ko‘rsatilgandir. Agar nosozlik mustaqil rav-
ishda bartaraf etila olinmasa, servis xizmati mexanigini chaqirish
lozim bo‘ladi.
10.2
Servis xizmatiga murojaat qilish vaqtida muzlatgichning
rusumini va zavod raqamini ko‘rsatish lozim bo‘ladi.
1 1 YO R I T I S H L A M PA S I N I A L M A S H T I R I S H
11.1
Yoritish lampasining almashtirilishida sovutgich chirog‘ini-
ng tuzilishi inobatga olinishi kerak (10,11 rasmlariga qarang).
Lampani almashtirish uchun qyidagilarni bajarish lozim:
— quvvat yetkazish shnuri ayrisini rozetkadan chiqarib, sovutgich
elektr tarmog‘idan uziladi;
— 10-rasmga muvofiq burama mix burab chiqariladi, plafon
ko‘rsatgich yo‘nalishi bo‘ylab yechiladi;
— 11-rasmga muvofiq plafon ko‘rsatgich yo‘nalishi bo‘ylab
yechiladi (burama mix ko‘zda tutilmagan);
— quvvati 15 Vt dan ko‘p bo‘lmagan lampa almashtiriladi;
— plafon o‘rnatiladi va burama mix burab kirgiziladi (agar
bo‘lsa).
1 2 U T I L L A S H T I R I S H
12.1
Sovutgichni upakovka qilish uchun qo‘llaniladigan mat-
eriallar ikkilamchi xom-ashyoni qabul qilish bo‘yicha shahobchal-
arga topshirilsa, to‘liqligicha qayta ishlanishi va takroran ishlatilishi
mumkin.
DIQQAT! Bolalarga upakovka materiallari bilan o‘ynashga
ruxsat bermang, chunki karton qutida qamalib yoki upakovka
tasmasiga o‘ralib qolib dimiqib qolish xavfi mavjud.
12.2
Utillashtirish lozim bo‘lgan sovutgichni quvvat yetkazish
shnurini kesib tashlash orqali yaroqsizlikka keltirish va mamlakatning
amaldagi qonunchiligiga muvofiq utillashtirish kerak bo‘ladi.
12.3
Ziyrak bo‘lish va sovutish tizimining naychalari utillashtirish-
dan avval shikastlanmasligini nazorat qilish kerak. Sovutish tizimidagi
R600a xladagenti mutaxassis tomonidan utillashtirilishi lozim.
Rasmi 9
kondensator
Rasmi 10
plafon
plafon
Rasmi 11
вurama mix