![background image](/i/samsung/108475/samsung-nv75k5541bs/h/samsung-nv75k5541bs-147.png)
O'zbek 3
Ushbu qo
‘llanmadan f
o
y
dalanish
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Bu pechni o'rnatish faqat litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan bajarilishi
kerak. O'rnatuvchi ushbu qurilmani asosiy elektr tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha
tegishli tavsiyalarga amal qilgan holda ulash uchun javobgardir.
Xavfsizlikka oid muhim ehtiyot choralari
OGOHLANTIRISH
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati
cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar
(jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas. Ularning
xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan bu qurilmadan
foydalanish to'g'risida ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat
qilib turgan hollar bundan mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib
turishingiz kerak.
Agar elektr kabeli nuqsonli bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki
ishlab chiqaruvchi, yoki xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli
agentdan xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga
ulanish to'plamiga almashtirish zarur. (Faqat mahkamlanuvchi
simli turdagi model)
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa,
xatarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning
xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak. (Faqat elektr tarmog'iga ulash shnuri
turidagi model)
Ushbu qo‘llanmadan foydalanish
SAMSUNG ichki qurilgan pechini tanlaganingiz uchun rahmat.
Bu qo'llanmada xavfsizlik bo'yicha muhim ma'lumotlar va qurilmangizdan
foydalanish, unga texnik xizmat ko'rsatishda yordam berish uchun mo'ljallangan
ko'rsatmalar mavjud.
Iltimos, pechdan foydalanishdan avval ushbu Foydalanuvchi qo'llanmasini o'qib
chiqing va undan kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.
Bu foydalanuvchi qo‘llanmasida quyidagi belgilar ishlatilgan:
OGOHLANTIRISH
Jiddiy jarohat olish, o‘lim va/yoki mulkka shikast yetishiga
olib kelishi mumkin
bo‘lgan xatar va ehtiyotsizliklar.
DIQQAT
Jarohat olish va/yoki mulkka shikast yetishiga
olib kelishi mumkin bo‘lgan
xatar va ehtiyotsizliklar.
IZOH
Mahsulotni ishlatishga oid foydali maslahatlar, tavsiyalar yoki ma’lumotlar.
NV75K5541RB_WT_DG68-00743A-00_RU+UK+KK+UZ.indb 3
2/17/2016 2:08:39 PM