![background image](/i/samsung/150620/samsung-dw50h4030fs/h/samsung-dw50h4030fs-171.png)
Xavfsizlik ma’lumoti
_3
XAVFSIZLIK MA'LUMOTINI O'QING VA UNGA AMAL QILING,
YO'RIQNOMANI SAQLAB QO'YING
CHIQITGA CHIQARISH
Mashinaning o'rama materiallarini tegishli tarzda chiqitga chiqaring.
O'rama materiallarini qayta ishlab chiqarish mumkin.
Plastik qismlari standart xalqaro qisqartmalar bilan belgilangan:
PE
polietilen, masalan, o'raladigan material
PS
polistirol, masalan, qistirma material
POM
polioksimetilen, masalan, plastik qisqichlar
PP
polipropilen, masalan, tuz solgich
ABS
Akronitril butadiyen stirol, masalan, boshqaruv paneli.
OGOHLANTIRISH: O'rama materiallari bolalar uchun xavfli bo'lishi mumkin!
Qadoq materiallari va jihozni chiqitga chiqarish uchun maxsus markazga boring. Shuning uchun elektr kabelini qirqib,
eshikni yopadigan qurilmani ishlamaydigan qilib qo'ying.
Karton qadoqlar qayta ishlangan qog'ozdan tayyorlangan bo'lib, makulaturaga topshirilishi kerak.
Bu mahsulotni tegishli tarzda chiqitga chiqarish orqali uning atrof-muhitga va inson salomatligiga yetkazishi mumkin
bo'lgan zararining oldini olgan bo'lasiz.
Bu mahsulotni chiqitga chiqarishga oid batafsilroq ma'lumot uchun shahringizdagi ofisimiz yoki maishiy chiqitlar bilan
ishlash markaziga murojaat qiling.
WEEE BELGISIGA OID KO'RSATMA
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish
(Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi
qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan
keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni
nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin
bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa
qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun
ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni qayerda va
qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana
sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va xarid shartnomasi
qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab
yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 3
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 3
2014-07-14
3:37:02
2014-07-14
3:37:02