![background image](/i/samsung/150620/samsung-dw50h4030fs/h/samsung-dw50h4030fs-219.png)
Mashinaga oid terminlar
_51
Mashinaga oid terminlar
1.
Aylanish motori
Mashina polida qolgan suvni so'rib olib, uni yuqori bosim ostida ichki kanallar bo'ylab
yuqori, o'rtadagi va pastki purkagichlarga yetkazadigan motor.
2.
Oqava nasosi
Mashina ishlashidan hosil bo'ladigan ifloslangan suvni chiqarib tashlaydigan nasos.
3.
Isitkich
Isitkich mashina ichidagi suv yo'laklarida joylashgan. U yuvish samarasini oshirish
maqsadida o'tayotgan suvni isitadi.
4.
Sarf o'lchagich
Suv kiradigan klapan yonida joylashgan IC pulslarini sanash orqali kirayotgan suv
miqdorini hisoblaydi.
5.
Tarqatgich
Mashina ichidagi tindirgichning chiqaradigan joyida joylashgan. Mashina tagiga
ketadigan suvning aylanishini yoqadi yoki o'chiradi. (Ushbu modelda bu qism yo'q)
6.
Taqsimlagich
Yuvish va chayish vositalari saqlanadigan joy, mashina ularni shu yerdan oladi.
Taqsimlagich vositalar kerak bo'lganida ularni avtomatik ravishda mashina ichiga
chiqaradi.
7.
Vanna agregati
Mashinaning asosiy skeletini tashkil etadigan ichki korpus, zanglamaydigan po'latdan
qilingan.
8.
Tindirgich agregati
Mashina ichida suv yig'iladigan joy. Purkalgan suv aylanib bo'lgach, shu yerda yig'iladi.
Tindirgich agregati aylanish motori va oqava nasosiga ulangan.
9.
Korpusning old devori
Oldingi eshikning ichki qismini tashkil etadigan korpus, zanglamaydigan po'latdan
qilingan.
10.
Asos agregat
Asosiy pastki karkasni tashkil etuvchi plastik qism.
11.
Savat agregati
Idishlar yuklanadigan yuqori va pastki tokchalar.
12.
O'rta/Partki purkagichlar
Idishlarni aylantirib, suvni yo'laklar orqali katta bosimda purkaydi.
13.
Korpus to'skichi
Yuvish va chayish sikllari paytida katta haroratda kegayadigan ichki havo bosimi bilan
tashqi havo bosimini ulash orqali havo bosimini rostlaydigan o'tish joyi.
14.
Eshik qulfi svitchi
Mashina eshigi ochiq-yopiqligini aniqlaydi, mashina ishlayotgan eshik ochiq bo'lsa, sikl
vaqtinchalik to'xtatiladi.
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 51
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 51
2014-07-14
3:37:16
2014-07-14
3:37:16